20:23 / 10.08.2021
7159

O‘zbekiston milliy terma jamoasi chavandozlari Barselonaga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi

O‘zbekiston terma jamoasi barcha to‘rt bosqich natijalariga ko‘ra, musobaqa yetakchisiga aylandi.

4-8 avgust kunlari Rossiyaning Moskva shahrida ot sportining to‘siqlardan sakrash bo‘yicha Yevrosiyo Ligasi kubogi 4-bosqichi yakunlandi.

Unda O‘zbekiston terma jamoasi barcha to‘rt bosqich natijalariga ko‘ra, musobaqa yetakchisiga aylandi va sentyabr oyida Barselonada bo‘lib o‘tadigan final bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Finalda dunyoning 8 ta eng kuchli jamoasi ishtirok etadi va O‘zbekiston terma jamoasi ham ana shu jamoalar orasidan joy oldi.

Mavzuga oid
Top