O‘zbekiston | 20:06 / 11.08.2021
9003
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoy-o‘zbek vaksinasining ikkinchi va uchinchi dozalari bilan emlash davom etadi

O‘zbekistonda ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining ikkinchi va uchinchi dozalari bilan emlash ishlari qayta yo‘lga qo‘yildi.

«Bugundan boshlab aholini ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining ikkinchi va uchinchi dozalari bilan emlash yana qayta yo‘lga qo‘yildi», deyiladi SSV matbuot xizmati xabarida.

Eslatib o‘tamiz, 9 avgustdan boshlab O‘zbekistondagi barcha emlash punktlarida zaxiradagi xitoy-o‘zbek vaksinasini faqat birinchi doza bilan emlash ishlari amalga oshirilishi joriy etilgandi.

SSV immunizatsiya ishlari bo‘yicha rahbari Dilorom Tursunova vaksinalarning hisob-kitobini to‘g‘rilab olish, emlash.uz saytiga to‘g‘ri ma'lumotlarni kiritish hamda vaksinaning 2- va 3-dozasini olishni rejalashtirgan fuqarolar ro‘yxatini tartibga solish uchun bir haftalik topshiriq berilganligini ma'lum qilgandi.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari o‘rinbosari Nurmat Otabekov ZF-UZ-VAC-2001 vaksinasining 2- va 3-dozalari bilan emlash 1 haftaga to‘xtatilgani yuzasidan audiobayonot bilan chiqqan, aholining katta qismida qisman bo‘lsa ham immunitet shakllantirish uchun aynan olib kelingan vaksinani aholi uchun 1-doza vaksinani ishlatishga qaror qilinganini aytgandi.

«Aynan o‘zbek-xitoy vaksinasi bilan emlash tadbirlari tahlillari shuni ko‘rsatdiki, 2-marotaba emlanishi kerak bo‘lgan aholining 50 foizi, 3-marotaba emlanishi kerak bo‘lgan aholining 70 foizi emlash tadbirlariga kelmagan. Bundan ko‘rinib turibdiki, biz agar ularni 2- va 3-dozani olishi uchun kelishlarini kutib o‘tirsak, vaqtdan yutqazamiz.

Shu bois ham aholining katta qismida qisman bo‘lsa ham immunitet shakllantirish uchun aynan olib kelingan vaksinani aholi uchun 1-doza vaksinani ishlatishga maqsadga muvofiq deb topdik. Negaki biz birinchi marotaba emlashimiz orqali kasallikka qarshi qisman immunitet shakllantirishimiz, qolaversa, kasallik yuqqan taqdirda ham uni og‘ir asoratlar bilan kechishiga yo‘l qo‘ymasligimiz mumkin bo‘ladi», degandi u.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid