19:53 / 13.08.2021
21270

Messi ko‘z yoshlarini artgan salfetka sotuvga qo‘yildi

Foto: Getty Images

Argentinalik futbolchi Lionel Messi “Barselona”dan ketishi munosabati bilan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ko‘z yoshlarini artgan salfetka bir million dollar narxda sotuvga qo‘yildi. Bu haqda Mercado Libre platformasi ma'lum qildi.

Futbolchi 8 avgustda Kamp Nou stadionida o‘tgan xayrlashuv tadbirida o‘z nutqi oldidan ko‘ziga yosh olgan. Shunda uning rafiqasi Antonela Rokutsso futbolchiga ko‘z yoshini artishi uchun salfetka uzatgan.

11 avgustda Fransiyaning “PSJ” klubi Messi jamoaning yangi a'zosiga aylanganini e'lon qildi. 34 yoshli futbolchi bilan shartnoma 2 mavsumga mo‘ljallangan bo‘lib, uni yana bir yilga uzaytirish imkoniyati ko‘zda tutilgan. Messi klubda 30-raqam ostida to‘p suradi. OAVning yozishicha, futbolchining yangi klubdagi yillik maoshi 35 mln yevroni tashkil etadi.

Top