09:00 / 15.08.2021
11972
Reklama

Samsung yangi buklanuvchi Galaxy Z Fold3 va Z Flip3 smartfonlarini taqdim etdi hamda ularga oldindan buyurtma berish imkoniyati haqida ma'lum qildi

Galaxy Z Fold3 va Z Flip3 flagmanlari bilan bir qatorda yangi aqlli soatlar hamda zamonaviy quloqchinlarni ham taqdim etdi. Oldindan buyurtma berish evaziga, qimmatbaho sovg‘alarni ham qo‘lga kiritishlari mumkin.

Samsung kompaniyasi butun dunyo bo‘ylab foydalanuvchilarga o‘zining innovatsion yechimlarini taqdim etib kelmoqda.  Galaxy Z Fold3 va Z Flip3 flagmanlarini quyidagi yangi afzalliklar bilan namoyish etdi: mustahkam, suv va changdan himoyalangan, zamonaviy dizayn, sevimli film va seriallar, o‘yinlar ko‘rish va o‘ynash uchun yangi taassurotlarni ta'minlaydi.

Galaxy Z Fold3: Maksimal unumdorlikni ta'minlovchi smartfon

Samsung Galaxy Z Fold3 – samarali ish va yorqin o‘yin-kulgi uchun ideal qurilmani qidiradiganlar uchun. Shuningdek, bu kuchli, ko‘p tarmoqli moslama, 7,6 dyuymli Infinity Flex displey, asosiy displeyi 120 Gs yangilash chastotasiga ega smartfondir.

Endilikda Samsung Galaxy Z seriyasi Note texnologiyasiga tegishli bo‘lgan S pen peroni qo‘llab-quvvatlaydi. Innovatsiyalardan yana biri – ekran ostida joylashgan kamera. Asosiy kameralar (keng burchakli kamera, teleobektiv va asosiy kamera) 12 Mp aniqlikka ega.

Z Fold3 smartfonida kengaytirilgan Flex rejimi funksiyasi bir vaqtning o‘zida ko‘proq funksiyalarni bajarish imkonini beradi. Masalan, videoqo‘ng‘iroqni qurilmaning yuqori ekranida qo‘shib, pastki qismdagi ekranda parallel qaydlar qilish mumkin.

Galaxy Z Flip3: funksionallik va ko‘ngil ochishning mukammal muvozonati

Galaxy Z Flip3 flagmanining ixcham dizayni, kamera va tezkor ravishda foydalanish maqsadida kattalashtirilgan tashqi ekrani foydalanuvchilarni lol qoldirishi tayin. Smartfon to‘rtta zamonaviy – qaymoq, yashil, binafsha va qora ranglarda namoyish etildi.

Yangilangan tashqi ekran avvalgilaridan to‘rt baravar kattaroq bo‘lib, 6,7 dyuymli diagonalga ega Dynamic AMOLED 2X displeyi, 120 Gs yangilanish chastotasiga ega.

Kameraning so‘nggi xususiyatlari tufayli foydalanuvchilar egiluvchan Flex rejimda ajoyib selfi qilishlari mumkin. Quick Shot funksiyasidan foydalangan holda esa to‘g‘ridan to‘g‘ri tashqi ekranda tezkor fotosuratlar va videolarni tasvirga olishlari mumkin.

Ishonch va chidamlilikni ta'minlaydi

Smartfonlar birinchi marta IPx8 standartida suvdan muhofaza qilingan, bu esa foydalanuvchilarga endi yomg‘ir haqida tashvishlanmaslikka imkon beradi. Ikkala qurilma ham yangi alyuminiydan va Corning® Gorilla® Glass Victus™ shishadan ishlangan bo‘lib, tasodifiy tirnalishlardan himoya qilingan.

Galaxy Buds2

Galaxy Buds2 – bu eng kichik va yengil Samsung quloqchinlari bo‘lib, plastik qutisi IPx2 standartiga muvofiq himoya qilingan. Simsiz zaryadlanadi, to‘rtta rangdan: qora, oq, yashil va binafsha ranglarda namoyish etildi. Ikki tomonlama dinamiklar aniq, shovqinsiz yuqori notalar va chuqur basslarni eshitish imkonini beradi. Tashqi fonning 98 foizgacha bo‘lgan shovqinini bartaraf etish funksiyasiga ega. Shovqinni bartaraf etish tizimi yoqilganda zaryadsiz 5 soatgacha, bu funksiya o‘chirilganda 7,5 soatgacha ishlaydi.

Galaxy Watch4 va Galaxy Watch4 Classic

Galaxy Watch4 seriyasi – bu sog‘liq uchun zarur to‘liq funksiyalar to‘plami, butunlay yangi operatsion tizim, foydalanuvchi interfeysi va kuchli protsessorga ega smart-soatlardir.

Galaxy Watch4 inqilobiy Samsung bioaktiv sensori bilan jihozlangan bo‘lib, yuqori o‘lchovli aniqligi va ixcham dizayni bilan ajralib turadi. Foydalanuvchilarning qon bosimini aniq o‘lchash uchun bitta chipdan foydalanadigan yangi 3-1 sensori, qonda kislorod miqdorini o‘lchash va birinchi marta tananing tarkibini aniqlash imkonini beradigan smart-soatdir.

Markaziy protsessor avvalgilaridan 20 foizgacha tezroq ishlaydi, xotira 50 foizga oshdi va grafik protsessor avvalgi avlodga qaraganda 10 baravar tezroq ishlay oladi. 450×450 pikselgacha bo‘lgan displey aniqligi, 16 Gb xotira sevimli ilovalar, musiqa va fotosuratlaringizni saqlashingizga imkon beradi. Batareya quvvati avtonom tarzda ishlaganda 40 soatgacha yetishi mumkin.

Yangi flagmanlarga oldindan buyurtma berish 2021 yilning 21 sentyabrigacha davom etadi (shu kuni ham amalda). Oldindan buyurtma berishda to‘lov miqdori 1 000 000 so‘m bo‘lib, buyurtma bergan foydalanuvchilar:

  • Galaxy Z Fold3 uchun Galaxy Watch3 smart soati va S pen perosiga maxsus g‘ilof;
  • Galaxy Z flip3 uchun Galaxy Buds Live quloqchinlari va SmartTag trekerlari sovg‘a sifatida taqdim etiladi;

Shuningdek, smartfonlar Samsung Care+ 1 yillik ekran himoyasiga ham ega.

Smartfonlarning sotuvlari 2021 yilning 22 sentyabridan boshlanadi.

Yangi Galaxy Z seriya haqida ko‘proq ma'lumot olish uchun, shuningdek, oldindan buyurtma berish shartlari haqida Samsung.uz rasmiy saytiga tashrif buyurib, bilib olishingiz mumkin.

Aloqa markazi raqami: 7799

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top