Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qarshida ikki kishi ichki ishlar xodimlariga pichoq bilan hamla qildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi shahrida ikki kishi va ichki ishlar xodimlari o‘rtasida mojaro yuz bergani hamda xodimlardan biri o‘ziga hamla qilgan shaxsni quvib yurgani tasvirlangan video tarqaldi. Viloyat IIB axborot xizmati mazkur hodisa yuzasidan munosabat bildirdi. Unda yozilishicha, voqea joriy yil fevralda sodir bo‘lgan va jinoyatchilar tegishli jazosini olgan.
Ma'lum qilinishicha, Qarshi shahar «Temiryo‘lchi» MFYda yashovchi N.L. 2021 yil 19 fevral kuni soat 00:05larda shahardagi restoranlardan biriga ikki nafar tanishi A.T. va Sh.S. bilan borib, restoran ishchisi S.A.ga «Muzikani o‘chirsang, shu pichoqni peshonangga otaman» deb qo‘rqitib, janjal qilgan.
Natijada N.L. o‘zini tinchlantirish uchun restoranga kelgan IIB va milliy gvardiya xodimlarining qonuniy talabini bajarmasdan faol qarshilik ko‘rsatgan. Sherigi A.T. bilan ikki nafar IIB xodimining yoqasidan tutib, siltab tashlab qochishga uringan.
Restorandan ko‘chaga qochib chiqqan N.L. qo‘lidagi pichoq bilan yana bir nafar IIB xodimiga shikast yetkazmoqchi bo‘lganida xodim chap berib yiqilib, tan jarohati olgan.
IIB xodimlari tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida shu kuni N.L. ushlanib, zararsizlantirilgan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan N.L va A.T.larga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan. Tergov harakatlari tamomlangandan so‘ng, ish sudga yuborilgan.
Ta'kidlanishicha, Jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi shahar sudining 2021 yil 2 avgust kunidagi hukmi bilan N.L va A.T. tegishli jazoga tortilgan.
Qarshi shahrida bitalar bilan «qurollangan» bir guruh shaxslar bir kishini do‘pposlamoqchi bo‘lishdi
Mavzuga oid
15:37 / 20.06.2025
Hisorak suv omboridan Qarshi shahrigacha ichimlik suv tarmog‘i tortiladi
13:05 / 14.04.2025
Ural Airlines'ning Qarshi - Moskva reysi texnik sabablarga ko‘ra bekor qilindi
18:13 / 31.03.2025
Qarshi shahrida o‘zbek-nemis qo‘shma maktabi tashkil etiladi
16:09 / 28.03.2025