Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya Afg‘onistondan odamlar qolib birinchi navbatda spirtli ichimliklarni olib chiqqan – OAV
Foto: DPA
Germaniya Afg‘onistondan odamlarni evakuatsiya qilish oldidan u yerdan 22,5 ming litr spirtli ichimliklarni olib chiqqan. Odamlar qolib, birinchi navbatda algokolning olib chiqilishi Germaniyada “sharmandalik” deb ataldi, deb xabar berdi Bild nashri.
Germaniyaning Mozori Sharifdagi bazasida 65 ming banka pivo va uning asosidagi kokteyllar hamda 340 butilka vino saqlangan. Bu spirtli ichimliklarning barchasi qo‘shinlarni olib chiqish rejasiga kiritilgan bo‘lgan va birinchi navbatda olib chiqilgan.
Bu orada Afg‘onistonda Germaniyaning xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) orqali nemislarga ishlagan va toliblar o‘ch olishidan xavfsirayotgan minglab afg‘onlar qolmoqda.
“GIZ, iqtisodiy hamkorlik va tashqi ishlar vazirliklari o‘z odamlari haqida qayg‘urmagani sharmandalikdir. Odamlar bilan bunday munosabatda bo‘lish yaramaydi”, deb achchiq bildirilgan Germaniyaning Erkin demokratik partiyasida.
Bu orada Germaniya tashqi ishlar vaziri Xayko Maasning ta'kidlashicha, barcha afg‘on xodimlarini olib chiqishning imkoni yo‘q, chunki buning uchun 2 ming emas, balki 20 ming kishini evakuatsiya qilishga to‘g‘ri keladi.
Avvalroq Germaniya harbiy-havo kuchlari samolyoti Kobul aeroportidan bor-yo‘g‘i 7 kishinigina olib keta olgan. Bundan avval bundesverning ikkita samolyotiga Kobulga qo‘nishga ruxsat berilmagan.
Mavzuga oid
09:00
Amudaryoda qayiqda suzib o‘tgan narkokurer 10 kg gashish bilan ushlandi
13:25 / 25.03.2026
O‘zbekiston–Afg‘oniston chegarasidagi qamishzorlar rejali ravishda yoqilmoqda
11:28 / 24.03.2026
Afg‘onistondan kartoshka ko‘rinishida olib o‘tilayotgan 72 kg gashish fosh qilindi
17:15 / 23.03.2026