Hodisa 10 iyul kuni Saloniki şahridan Germaniyaning Memmingen şahriga yöl olgan Boeing 737-800 rusumli samolyotda sodir bölgan. Bu haqda voqea guvohlari Gretsiyaning Radio Thessaloniki radiostansiyasi hamda Germaniyaning dpa agentligiga ma’lum qilgan.

Guvohlarning aytişiça, illyuminator singanidan keyin 61 yoşli Serbiya fuqarosining boşi va yelkalari samolyot taşqarisiga çiqib ketgan. Uni havo oqimi tortib ketmasligi uçun bir neçta yölovçi birgalikda uşlab qolgan.

Şu payt samolyotda kislorod niqoblari avtomatik ravişda tuşgan. Uçuvçilar favqulodda vaziyat tufayli parvozni davom ettirmasdan, samolyotni orqaga — Saloniki aeroportiga qaytarişga qaror qilgan.

Jabrlangan yölovçi tez yordam orqali şifoxonaga yetkazilgan. Ma’lum qilinişiça, u jiddiy jarohat olmagan. Qolgan yölovçilar esa zaxira samolyoti orqali Germaniyaga yetkazilgan.

Gretsiya ommaviy axborot vositalari ma’lumotiga köra, hodisa Şimoliy Makedoniya hududi ustida, taxminan 6 ming metr balandlikda sodir bölgan. ERT telekanali tarqatgan ma’lumotga köra, illyuminator samolyot dvigatelidan uzilib çiqqan ehtiyot qism zarbasi oqibatida şikastlangan bölişi mumkin.

Hodisa yuzasidan rasmiy tergov boşlangan.

Ryanair aviakompaniyasi esa hozirça qisqa bayonot bilan çiqib, samolyot parvoz boşlanganidan köp ötmay yölovçi illyuminatorida germetiklik buzilganini tasdiqladi. Kompaniya hodisaning aniq sabablari yuzasidan qöşimça ma’lumot bermagan.