Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ayrim davlatlardan olib kelingan xomashyo mahsulotlarini sertifikatlash talabi bekor qilinadi
Yuqori nazorat tizimiga ega davlatlardan O‘zbekistonga olib kelingan asbob-uskuna va xomashyolarni majburiy milliy sertifikatlash amaliyoti bekor qilinadi.
Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev 20 avgust kuni tadbirkorlar bilan muloqoti vaqtida ma'lum qildi.
“Ko‘plab tadbirkorlar yuqori sifat va nazorat tizimiga ega mamlakatlardan (Yevropa Ittifoqi, AQSh, Yaponiya, Janubiy Koreya kabi) sertifikatlangan asbob-uskuna va xomashyolarni olib kelganda milliy sertifikat olish talabi mavjudligini e'tiroz sifatida qayd etishgan.
Masalan, asbob-uskunalar va xomashyoga sertifikat olishda 2-3 million so‘m xarajat va eng kamida 5-10 kun muddat talab etiladi.
Shu bois Umrzoqov boshchiligidagi komissiya bir oy muddatda bunday davlatlar ro‘yxatini shakllantirib (qaysi davlatdan olib kelganimizda qanday bo‘ladi), ularda sertifikat berilgan asbob-uskuna va xomashyolarga milliy sertifikat olish amaliyotini bekor qilish bo‘yicha qaror loyihasini kiritsin.

Men o‘zimga savol beraman, bizda sertifikat olish uchun qanday uskuna bor o‘zi? Yaponiyadan kelyapti, Germaniyadan kelyapti. Bojxonada uni ushlab o‘tirishadi, muhr qo‘yishlari kerak. Men nima uchun Yangi O‘zbekiston deb ibora qildim, chunki hamma narsani yangidan tashkil qilyapmiz. Bu – bizning og‘ir, tarixiy yillarimiz”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Mavzuga oid
08:48 / 20.06.2026
Qumga boy Saudiya nega qum import qilmoqda?
09:30 / 15.06.2026
Endi o‘qishni ko‘chirishda ham sertifikatlar uchun ball beriladi
14:26 / 28.05.2026
1,5 mlrd dollarlik oltin sotuvi va keskin oshayotgan go‘sht importi - O‘zbekiston tashqi savdosi sharhi
08:59 / 26.05.2026