Jamiyat | 12:37 / 25.08.2021
36210
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlashga vaqtinchalik va doimiy monelik qiluvchi holatlar belgilandi

Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i bilan ommaviy vaksinatsiya jarayonlarida amal qilinishi kerak bo‘lgan asosiy qoidalar qayta ko‘rib chiqildi. Unga ko‘ra, emlashga vaqtinchalik yoki doimiy tibbiy cheklovlar bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladigan ishlar belgilandi.

«Ma'lumki, emlanishi lozim bo‘lgan aholi vakillari shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan birlamchi tibbiy-sanitariya bo‘g‘ini muassasalarining ro‘yxatxonasiga murojaat qiladi va oilaviy shifokor tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, uning xulosasi fuqaroning tibbiy kartasida qayd etiladi.

Covid-19’ga qarshi emlashda birinchi navbatda emlanuvchi fuqaroning sog‘ligi tekshiriladi, emlashga bo‘lgan moneliklar, jumladan, allergik reaksiya bor yoki yo‘qligi o‘rganiladi va emlashga bo‘lgan moneliklar kuzatilmagan holatda emlashga ruxsat beriladi. 

Qarshi tibbiy ko‘rsatma mavjud bo‘lsa, u holda emlashga vaqtinchalik yoki doimiy tibbiy cheklov qo‘yiladi. Shu o‘rinda, xo‘sh uning tartibi qanday bo‘ladi, degan savol tug‘ilishi tabiiy.

Vaqtinchalik yoki doimiy tibbiy cheklovlar faqat davolash-profilaktika muassasalari rahbariyati tomonidan tasdiqlangan maxsus komissiya tomonidan belgilanadi.

Covid-19 vaksinatsiyasiga qarshi ko‘rsatmalar birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarining oilaviy shifokori tomonidan aniqlanadi va cheklov to‘g‘risida xulosa berish maqsadida maxsus komissiyaga yuboriladi.

Jahon sog‘likni saqlash tashkilotining tavsiyalariga va vaksinalarning yo‘riqnomalariga asoslangan holda emlashdagi interval 21 kundan 12 haftagacha belgilanadi», deyiladi SSV matbuot xizmati xabarida.

Komissiya tomonidan taqdim qilinadigan tibbiy cheklov to‘g‘risida ma'lumotnoma namunasi

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi tomonidan mamlakatdagi ommaviy emlashlar jadvaliga koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash tartibi yuzasidan kiritilgan qo‘shimchalarga asosan:

  • 2021 yil 1 sentyabrgacha 18 yoshdan katta bo‘lgan bir necha toifa yoki guruhdagi aholi qatlami koronavirus infeksiyasiga qarshi 1-doza vaksinalari; 
  • 1 oktyabrgacha 2-doza vaksinalari; 
  • 1 noyabrgacha 3-doza vaksinalari bilan ommaviy emlanishi ko‘zda tutilgan edi.

Mavzuga oid