O‘zbekiston | 20:57 / 31.08.2021
4497
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev: «2021 yilning o‘zida yana 50 mingga yaqin oila uy-joy bilan ta'minlanadi»

Shavkat Mirziyoyev nutqi davomida 2017–2020 yillar davomida 140 mingdan ziyod arzon va sifatli uy-joylar bunyod etilganini ma'lum qildi.

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlangan davlat tadbirida so‘zlagan nutqida aholini turmush darajasi va uy-joy bilan ta'minlash bo‘yicha qilinayotgan ishlar haqida ma'lumot berdi.

«Aholini uy-joy bilan ta'minlash masalasi ham biz uchun ustuvor vazifa bo‘lib kelmoqda. 2017–2020 yillar davomida 140 mingdan ziyod arzon va sifatli uy-joylar bunyod etildi. Ushbu ko‘rsatkich 2016 yilga nisbatan qariyb 11 barobar oshdi. Respublikamizda ipoteka tizimi izchil rivojlanmoqda.

Shuni ta'kidlash zarurki, yurtimizda ilgari hech qachon bunday katta ko‘lamdagi qurilish ishlari amalga oshirilmagan.

Og‘ir turmush sharoitida yashayotgan oilalarning uy-joy bo‘yicha boshlang‘ich badallari davlat budjeti hisobidan to‘lab berilmoqda. Bu yo‘nalishdagi ishlarimiz davom ettiriladi, shu yilning o‘zida yana 50 mingga yaqin oila uy-joy bilan ta'minlanadi», deydi Shavkat Mirziyoyev.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid