O‘zbekiston | 13:54 / 31.08.2021
42780
2 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev: Yangi Toshkentni bahavo joyda bunyod etamiz

Bugun, 31 avgust kuni Qibray tumanida barpo etilgan “Yangi O‘zbekiston” bog‘ining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi va undan ishtirok etgan davlat rahbari yangi bunyodkorlik rejalari haqida to‘xtalib o‘tdi. 

Foto: Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi

“Sizlarga anchadan beri o‘ylab yurgan bir sirni aytmoqchiman, bugun mavridi keldi. Hozir ko‘pchilikda savol tug‘ilyapti – nega bu bog‘ shahardan uzoqda? Gap shundaki, biz endi Yangi Toshkent qurilishlarini asosan shu tomonda, bahavo joylarda olib boramiz. Hozirgi Toshkent shahrimizni esa yashil hududga aylantiramiz. Ayni paytda turgan joyimizda yangi oliy ta'lim maskani, aeroport va 2025 yilda O‘zbekiston mezbonlik qiladigan Yoshlar o‘rtasidagi sport musobaqalari uchun olimpiya shaharchasi barpo qilamiz.

Bog‘ning o‘zi ham 104 gektarni tashkil qiladi va bu yerdagi obodonchilik ishlari ham davom ettiriladi.

Xudo xohlasa, yaqin 2-3 oy ichida Toshkent viloyatining Qibray, Bo‘stonliq tumanlarining bahavo hududlarida bajariladigan ishlar rejasini taqdim etamiz. Lekin har bir g‘ishtni xalqimiz bilan bamaslahat qo‘yamiz”, deya prezident so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Mavzuga oid