Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda YHXB xodimlari formasida video olib TikTok’ka joylagan shaxslar jarimaga tortildi
Qashqadaryo viloyatida YHXB xodimlari formasini kiyib video olgan va uni TikTok’ka joylagan qiz va yigitlar jarimaga tortilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Qarshi shahrida yashovchi E.D., Ya.Sh., X.X. qonun bilan qo‘riqlanadigan davlat organlari vakillarining harbiy, idoraviy va maxsus formali kiyim-boshini noqonuniy kiyib, videolavhalar tayyorlab, TikTok’ka joylashtirgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan bu ikkita videolavha Qarshi shahar IIB tomonidan o‘rganilgan va mazkur ish yuzasidan to‘plangan hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi shahar sudiga ko‘rib chiqish uchun yuborilgan.
Sud hukmiga ko‘ra, ijtimoiy tarmoq faollari sodir etgan holat Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalariga asosan, huquqbuzarlik sifatida malakalangan.
Qayd etilishicha, sudya tomonidan YHXB xodimi formasida bo‘lgan qiz E.D.ga bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari, haydovchi va YHXB inspektori vazifasi bajargan yigitlar Ya.Sh., X.X.ga bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlangan.
Mavzuga oid
18:59 / 09.05.2026
Toshkentda o‘yinchoq mashinada avtomobil yo‘lida harakatlangan bolaning otasi javobgarlikka tortildi
11:40 / 04.05.2026
O‘zbekistonda avtomobilni qanday rasmiylashtirish va ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin?
13:55 / 01.03.2026
Eko-stikerni qanday olish mumkin?
10:18 / 19.01.2026