2026 yil 1 yanvardan Özbekistonda avtomobillar uçun ekologik stikerlar berila boşladi. Uşbu tizimni joriy etiş töğrisidagi qaror 2025 yilda qabul qilindi.
Toşkent muntazam ravişda havosi eng iflos şaharlar röyxatiga kirmoqda, asosiy çiqindilar manbai esa mamlakatdagi 4,7 milliondan ortiq avtomobillardir. Eko-stikerlar - havoni yuqori darajada ifloslantiruvçi transportlarni tartibga soliş tizimi.
Eko-stikerni özimiz onlayn rasmiylaştirdik va quyida bu tizim qanday işlaşi, kimga qanday rang berilişi va stikerni ortiqça muammolarsiz qanday oliş mumkinligi haqida batafsil aytib ötamiz.
Tizim qayerda amal qiladi va hududlarda qaçondan joriy etiladi?
Toşkentda ekologik stikerlar tizimi 2026 yil 1 yanvardan işga tuşdi.
Tizim ön yil davomida bosqiçma-bosqiç joriy etilişi közda tutilgan:
2026 yil - Toşkentda;
2028–2030 yillar - Nukus, viloyat markazlari va alohida ekologik hududlarda;
2031–2035 yillar - butun Özbekiston hududida.
2028 yildan eko-stiker olinmaganligi uçun jarima qöllaş rejalaştirilmoqda.
Eko-stikerlar qanday böladi va kimga qanday rangdagisi beriladi?
Tizim avtomobillarni ifloslantiruvçi taşlamalar darajasiga qarab uç toifaga ajratadi. Stiker rangi yonilği turi va dvigatelning ekologik sinfiga (Yevro standarti) boğliq böladi.
Ekologik stikerlar namunalari.
Dizelga talab qat’iyroq. Dizelli avtomobil yaşil stiker olişi uçun kamida Yevro-4 kerak böladi, benzinli avtomobilga esa Yevro-2 kifoya.
Quyidagi avtomobillarga yaşil stiker diagnostikasiz beriladi:
elektromobillar;
gibridlar;
işlab çiqarilganiga uç yildan oşmagan avtomobillar — Yevro-2 bölsa ham;
1986 yilgaça işlab çiqarilgan avtomobillarga yaşil stiker berilmaydi – faqat sariq yoki qizil ranglisi berilişi mumkin.
«Yevro» ekologik standarti nima degani?
Bu ajratmalar me’yorining xalqaro tizimidir. Raqam qança katta bölsa, dvigatel şunçalik ekologik hisoblanadi:
Yevro-0 – eng eski avtomobil;
Yevro-1, 2 – bazaviy me’yor;
Yevro-3, 4 – kamaytirilgan ajratma;
Yevro-5, 6 – zamonaviy standartlar.
Stiker berişda aynan mana şu körsatkiçlar e’tiborga olinadi.
Stikerni almaştiriş kerakmi?
Ekostiker muddatsiz davrga beriladi. Uçta holatdagina qayta rasmiylaştiriş talab qilinadi:
avtomobil egasi almaşganida;
avtomobilning old oynasi almaşganida;
stikerga zarar yetganida.
Toifani tizimning özi avtomatik aniqlaydi, eko-stikerning özi alohida rasmiylaştiriladi.
Eko-stiker qanday olinadi?
Eko-stikerni my.gov.uz portalida yoki avtomobilni YHXB bölimida röyxatdan ötkazayotganda rasmiylaştiriş mumkin. Quyida portal orqali rasmiylaştiriş tartibi keltiriladi.
Davlat xizmatlari portali orqali eko-stikerga ariza beriş.
2. Ma’lumotlarni tekşiring
Tizim quyidagi ma’lumotlarni bazadan avtomatik yuklaydi:
ma’lumotlar;
işlab çiqarilgan yili;
yonilği turi;
VIN.
Ma’lumotlar töğri bölsa, tasdiqlang.
Davlat xizmatlari portali orqali eko-stikerga ariza topşirişda avtomobilning ekologik toifasini avtomatik aniqlaş.
3. Yetkazib beriş manzilini tanlang
Arizada tayyor bölgan stiker jönatilişi uçun manzilni körsating.
Davlat xizmatlari portali orqali ekologik stiker oliş uçun yaratilgan arizani tasdiqlaş va yetkazib beriş ma’lumotlarini töldiriş.
4. Yetkazib beriş tölovini tölang
Eko-stiker beriş xizmati bepul. Faqat poçta xizmati tölanadi - BHMning 5%i (20 600 söm).
Tölov bank kartasi orqali amalga oşiriladi. Tasdiqlaş tugmasi bosilganidan söng jarayonni yakunlaş uçun bank sms-kod jönatadi.
Eko-stikerni yetkazib beriş uçun tölov qiliş.
5. Tölovni SMS-kod orqali tasdiqlaş
«Keyingi» bosilgaç, bank amaliyotni tasdiqlaş uçun bir martalik SMS-kod jönatadi — tölov ötişi uçun uni kiritiş lozim.
Tölovni SMS-kod orqali tasdiqlaş.
6. Tayyor bölişini kuting
Holatni şaxsiy kabinetda kuzatib turing. Yetkazib berişga 10 kun vaqt ketişi mumkin.
Eko-stiker olişga berilgan ariza holati - raqami, berilgan vaqti va «qayta işlanmoqda» maqomi.
Stiker qayerga yopiştiriladi?
Stiker old oynaning içki tomoniga – haydovçidan öngdagi pastki burçakka yopiştiriladi.
Muhim:Undaelektron öqiş va haqiqiyligini aniqlaş uçunRFID-çip mavjud. Uni qayta yopiştiriş mumkin emas.
ECO PASS ekologik stikeri va uni avtomobil old oynasiga joylaştiriş sxemasi.
Eko-stikerni şaxsan oliş
Avtomobilni röyxatdan ötkaziş yoki qayta röyxatdan ötkazişda eko-stiker YHXB bölimida avtomatik ravişda beriladi. Alohida ariza topşiriş talab etilmaydi —toifa tizim ma’lumotlari asosida aniqlanadi.
Agar avtomobil allaqaçon röyxatdan ötkazilgan va portal orqali rasmiylaştiriş noqulay bölsa, YHXB bölimiga murojaat qiliş mumkin. Agar ma’lumotlar bazasida avtomobilning ekologik sinfi haqida ma’lumot mavjud bölmasa, u holda avtomobil diagnostikadan ötkaziş uçun yönaltiriladi.
Toşkentda diagnostika xususan, «Fayzobod» ixtisoslaştirilgan markazida ötkaziladi.
Kim ariza berişi mumkin?
Hozirda Toşkentda röyxatdan ötkazilgan avtomobillar uçun my.gov.uz portali orqali ariza beriş imkoni mavjud.
Viloyatlarda röyxatdan ötkazilgan transport vositalari uçun rasmiylaştiriş tartibi mahalliy YHXB bölimlarida tizimga ulaniş imkoniyatlari asosida belgilanadi.
Qaysi hollarda diagnostika talab qilinadi?
Diagnostika ma’lumotlar bazasida avtomobilning tasdiqlangan «Yevro» ekologik sinfi mavjud bölmagan hollarda ötkaziladi. Bu holatda transport vositasi ajratma gazlarini tekşiriş uçun yuboriladi.
Natija tizimda avtomatik ravişda qayd etiladi va uning asosida ekologik toifa aniqlanadi.
Yil davomida bitta qayta tekşiruv bepul.
Keyingilari – 1 BHM miqdorida.
Maşina egasi natijadan norozi bölsa, qayta diagnostika ötkazilişini talab qilişi mumkin.
Qaysi hollarda stiker beriş rad etiladi?
Quyidagi hollarda eko-stiker beriş rad etiladi:
avtomobilning ekologik sinfi töğrisida ma’lumot yöq bölsa va diagnostikadan ötmagan bölsa;
VIN ma’lumotlari bazadagi ma’lumotlarga mos kelmasa;
import qilingan avtomobilda «Yevro» sinfini tasdiqlovçi hujjat yöq bölsa.
Sabablar bartaraf qilinganidan söng qaytadan ariza beriş mumkin.
Eko-stiker yöqligi uçun jarima qöllaş 2028 yildan keyin joriy etilişi rejalaştirilmoqda. Buni Yöl harakati xavfsizligi xizmati vakili Zoyir Yöldoşev tasdiqladi.
Jarimaning aniq miqdori tasdiqlanmagan, qonunçilikka tegişli özgartirişlar kiritiş jarayoni ketmoqda.
Ekologik hududlar çegaralari va nazorat tartibi tasdiqlanmaguniça javobgarlik joriy etilmaydi.
Ekologik hududlar va kompensatsiya tölovlari
Ekohududlar — bu ajratma darajasi yuqori bölgan avtomobillar kirişi çeklanişi mumkin bölgan hududlardir. Bunday hududlarning çegaralari mahalliy hokimiyat tomonidan tasdiqlanadi va ular maxsus yöl belgilari bilan körsatiladi. Kiriş butunlay taqiqlanmaydi, ammo ekologik sinfi past bölgan avtomobillar uçun kompensatsiya tölovi nazarda tutilgan.
Yillik tölov miqdori:
sariq stiker – BHMning 1 baravari (412 000 söm);
qizil stiker – BHMning 3 baravari (1 236 000 söm).
Yaşil avtomobillar pul tölamaydi. Alohida toifadagi transportlar tölovdan ozod qilinişi mumkin – ularning röyxati mahalliy hokimiyat organlari tomonidan tuziladi.
Qanday avtomobillarga talab joriy etilmaydi?
Ekologik toifa beriş va eko-stiker oliş talablari barça transport vositalariga nisbatan qöllanilmaydi.
Nizomga köra, tizim quyidagi transport vositalariga nisbatan tatbiq etilmaydi:
Özbekiston hududi orqali tranzit olib ötiladigan;
vaqtinça (töqson kalendar kungaça) Özbekiston hududida bölgan;
elektromobillar va elektromototsikllar;
mototsikllar, skuterlar, mopedlar va uç ğildirakli transport;
tezkor va maxsus xizmatlarning yaltiroq mayoqça bilan jihozlangan hamda maxsus rangli böyoq sxemalar va yozuvlar bilan belgilangan transport vositalari;
jamoat transporti (taksi va yönalişli taksidan taşqari);
qişloq xöjaligi texnikalari;
"nogironligi bölgan şaxs" belgisi örnatilgan transport vositasi.
Bu toifadagi transport vositalari uçun ekologik stiker oliş talab qilinmaydi.
Biliş muhim
Ekologik sinf avtomatik aniqlanadi – alohida ekspertizadan ötiş şartmas.
Tyuning yoki detallar almaşganida sinf qayta belgilanmaydi.
Agar texpasportda sinfi haqida ma’lumotlar yöq bölsa, tizim «qizil» deb belgilaşi yoki rad etişi mumkin.
Yevro-2 benzinda yuradigan 80–85% avtomobillar yaşil stiker olişi mumkin.
Eski, dizelda yuradigan avtomobillar sariq yoki qizil stiker olişi ehtimoli yuqori.
Ekologik sinf avtomobilning likvidligiga ta’sir qiladi.
Talablar muntazam kuçayib boradi va kelgusida «Yevro» standarti xarajatlarning asosiy omiliga aylanadi.