O‘zbekiston | 11:31 / 06.09.2021
7642
2 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev 9 sentabr kuni O‘zLiDeP qurultoyida ishtirok etadi

9 sentabr kuni Shavkat Mirziyoyev Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi qurultoyida ishtirok etadi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma'lum qildi.

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov an'anaviy brifingda OAV vakillariga davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning o‘tgan haftadagi tadbirlari va joriy haftadagi rejalari bo‘yicha ma'lumot berdi.

“Bugun [6 sentabr kuni] farmatsevtika sanoatida va Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan loyihalar taqdimoti o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, hafta davomida strategik sohalardagi investitsiya loyihalari, “1 million dasturchi” loyihasining ijrosi, Prezident maktablari va ixtisoslashgan maktablar faoliyati bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Davlatimiz rahbari Paralimpiya o‘yinlari sovrindorlari bilan uchrashishi ham mo‘ljallanmoqda.

9 sentabr kuni Shavkat Mirziyoyev Tadbirkorlar  va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi qurultoyida ishtirok etadi”, – deya ma'lumot berdi prezident matbuot kotibi.

Partiya 7 avgust kuni bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari plenumida Shavkat Mirziyoyev nomzodini ilgari surgandi. Endi uning nomzodi O‘zLiDeP qurultoyida tasdiqlanishi lozim bo‘ladi.

Ma'lumot uchun, O‘zLiDeP 2016 yilgi prezidentlik saylovlarida ham Shavkat Mirziyoyev nomzodini ilgari surgandi.

Аброр Зоҳидов
Tayyorlagan Аброр Зоҳидов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid