AQŞ çiqib ketganidan keyin «Tolibon» Afğonistonda hokimiyatni egalladi. Bu qöşni Markaziy Osiyo davlatlari uçun bir qança tahdidlarni yuzaga keltirişi böyiça taxminlar köpaymoqda. Mintaqa qoçqinlar va giyohvand moddalar bilan tölib-toşişi, doimiy terrorçilik hujumidan aziyat çekişi haqidagi qaraşlar ham mavjud.
Albatta, köp narsa «Tolibon»ning bölajak harakatlariga boğliq, lekin aniqki, bunday halokatli prognozlarning aksariyati Markaziy Osiyo davlatlarining xavf-xatarga öta zaifligi haqidagi notöğri tasavvurlarga asoslangan. Avvalo, mintaqa davlatlari «Tolibon» yana hokimiyatga qaytiş ehtimollarini ham inobatga olib, siyosat yuritgan.
Hatto eng yomon ssenariyda ham Markaziy Osiyodagi vaziyat ba'zilar taxmin qilgan darajada yomon bölmasligi mumkin, lekin «Tolibon»ning Afğonistondagi ğalabasi Markaziy Osiyo davlatlarida rejimlarini ham, taşqi dunyoga bölgan munosabatlarni ham özgartirişi mumkin.
Çegara
Deyarli heç kim Kobul bu qadar tez qulaşini kutmagandi. Ammo, umuman olganda, amerikaliklar ertami-keçmi ketişi, toliblar qolişi va yana hokimiyat tepasiga kelişi hammaga ayon edi. «Tolibon»ning dastlabki hokimiyatga kelgan paytida mintaqa davlatlari rahbarlari ham toliblar bilan pragmatik muloqot qiliş zarurligi haqida gapirişgan.
Afğonistondan çiqiş, hatto Barak Obama davrida ham jiddiy muhokama qilinganini hisobga olsak, mintaqada hozirgi voqealarga tayyorgarlik köriş uçun yetarli vaqt bor edi. Şu sabab birinçi örinda çegaralar tayyorlandi.
Özbekiston Afğoniston bilan umumiy uzunligi 150 km.ga yaqin çegarasini ikki qavat tikanli panjara bilan örab, töliq kuzatuv kameralari bilan jihozlagan. Afğonistondan Özbekistonga quruqlik orqali ötişning yagona yöli Termiz – Hayraton köprigi hisoblanadi.
Tojikistonning Afğoniston bilan çegarasidagi vaziyat esa ança murakkab. U Özbekistonnikidan qariyb 10 barobar uzun va nafaqat Panj daryosi böylab, balki toğlar oralab ham ötadi. Ayniqsa, Tojikiston armiyasi Markaziy Osiyodagi eng kuçsiz armiya ekanligini inobatga olsak, bunday çegarani himoya qiliş ança qiyin (Global Firepower reytingida 140 davlat orasida 99-örinni egallaydi).
Töğri, bu muammolar asosan faol xalqaro hamkorlik hisobiga qoplanişi mumkin. Tojikistonda Rossiyaning yirik harbiy bazasi bor va tojik bölinmalari bilan birga çegarani rus harbiylari ham qöriqlaydi. Şuningdek, Vaxon koridorida XXR kuçlarining çegara posti joylaşgan.
Turkmanistonning Afğoniston bilan çegarasi tojik çegarasining yarmiga teng, taxminan 800 km, asosan çöl orqali ötadi va uni nazorat qiliş ham oson emas. Ammo Afğonistondagi vaziyat yomonlaşa boşlagaç, Aşxobod çegarani mustahkamlab, unga oğir harbiy texnikalarni joylaştira boşladi.
Bunga parallel ravişda Markaziy Osiyo davlatlari Afğonistondagi mojaroning barça iştirokçilari bilan diplomatik aloqalar örnatmoqda. Turkmaniston «Tolibon» bilan ançadan buyon norasmiy muzokaralar olib bormoqda. Özbekiston esa 2018 yilda, Afğoniston böyiça Toşkentda bölib ötgan xalqaro konferensiyada «Tolibon» bilan muzokaralar boşlaganini oçiq e'lon qilgandi.
Hozirça Afğonistonning yangi hokimiyati bilan faqat Tojikiston aloqaga çiqmagan. Mamlakat prezidenti Imomali Rahmon özini afğon tojiklarining himoyaçisi sifatida körsatmoqda, jumladan, toliblardan etnik tojiklarni yangi inklyuziv hukumatga kiritişni talab qilmoqda. Şu bilan birga, Rahmonning aytişiça, etnik tojiklar Afğoniston aholisining 46 foizdan köproğini taşkil qiladi, garçi köpçilik tadqiqotçilar ularning uluşini 20 foizdan biroz köproq baholaşsa ham. Şunga qaramay, hatto Tojikiston ham toliblarga töğridan töğri qarşilik körsatmaydi va ularning hokimiyatini tan olişdan boş tortmayapti.
Afğon qoçqinlari
Birlaşgan Millatlar Taşkiloti prognozlariga köra, şu yil oxirigaça yarim millionga yaqin afğon qoçqinlari paydo bölişi aytilmoqda. Ğarb davlatlari allaqaçon Qozoğiston, Tojikiston va Özbekistondan ular bilan hamkorlik qilgan va evakuatsiya paytida olib çiqa olmagan afğonlarga boşpana berişni söraşmoqda.
Biroq Afğonistondan yirik immigratsiya oqimi önlab yillardan buyon davom etmoqda. Şu vaqt mobaynida afğonlar Markaziy Osiyo davlatlariga köçib ötişni deyarli amalga oşirmagan. Köpinça ular Afğonistonning boşqa qöşnilari Pokiston va Eronga çiqib, bu yerdan Yevropa davlatlariga ötişga harakat qilişadi. 2020 yilda eng köp afğon qoçqinlarini Yevropa Ittifoqi (40 mingdan ortiq), Avstraliya (11 ming) va Buyuk Britaniya (9 ming) qabul qildi.
Markaziy Osiyo davlatlari va Rossiya mamlakatlari esa qoçqinlarni qabul qilişni deyarli istamaydi. Masalan, «Tolibon»ning avvalgi hukmronlik davrida Özbekiston öz çegarasini butunlay yopib qöygan va hatto 2001 yilda BMT talabidan keyin ham çegarani oçişdan boş tortgandi. Afğoniston bilan uzoq yillik aloqalarga qaramay, hozirda Rossiyada ham bir neça minggina afğon yaşaydi.
Markaziy Osiyoda saxiy ijtimoiy dasturlar yoki köçib ötişni osonlaştiriş uçun mustahkam afğon diasporalari uçun rivojlanayotgan mehnat bozorlari yöq. Qozoğiston va Özbekiston rahbariyati ham Afğonistondan qoçqinlarni qabul qilmasligini ma'lum qilişdi. Tojikistonda hozirgaça faqat «vaqtinça» minglab qoçqinlarga u yerdan boşqa davlatlarga ketiş uçun Kölob şahridagi aeroportda qolişga ruxsat berilgan.
Umuman olganda, Markaziy Osiyoning heç bir davlati afğon qoçqinlari öz hududiga kirişiga ruxsat bermayapti va bu mamlakatlarga köçib ötişdan afğonlar ham juda manfaatdor emas. Şu nuqtayi nazardan bu mamlakatlarga afğon qoçoqlaridan tahdidlar yuzaga keliş ehtimoli juda ham past.
Terrorizm
Mintaqa davlatlari bilan ötkazilgan barça muzokaralarda toliblar Markaziy Osiyo davlatlariga tahdid qilmasligini e'lon qilgan. Biroq bu va'dalarni bajara oliş qobiliyati köplab savollar tuğdiradi, ayniqsa, mamlakatda sodir bölgan oxirgi teraktlardan keyin.
Tojikiston bu borada ham eng zaif davlat. U yerda terroristik hujumlar AQŞ armiyasi Afğonistonni nazorat qilgan paytda ham sodir bölgan. Masalan, 2019 yil 6 noyabr kuni, mamlakatdagi Konstitutsiya kunida, Tojikiston rasmiylarining ma'lumotlariga köra, IŞID jangarilari Afğonistondan mamlakatga kirib kelişgan va deyarli 300 km masofani bosib ötib, Özbekiston bilan çegaradagi Işkobod çegara postiga hujum qilişgan. Uşbu voqeadan bir yil oldin, 2018 yilda tojik toğlarida tört nafar xorijlik sayyoh öldirilgan edi. Ikki holatda ham IŞID javobgarlikni öz zimmasiga olgan. Hukumat versiyalariga qaraganda, bu hujumlar ortida afğonlar emas, mahalliy radikallar turgan.
Markaziy Osiyoning boşqa mamlakatlarida ham teraktlar sodir etilgan. Masalan, 2016 yil iyun oyida Qozoğistonning Aqtöbe şahrida bir guruh terrorçilar ötkinçilarga öq uzib, politsiya bölimiga hujum qilişi natijasida 25 kişi halok bölgan. Yoki Bişkekdagi şov-şuvli terakt, 2016 yilning avgustida terrorçi Xitoy elçixonasi darvozasiga borib urilib, özini portlatib yuborgan.
Şunga qaramay, sönggi yillarda Markaziy Osiyoda sodir etilgan teraktlarning aksariyati umuman Afğonistonga, xususan «Tolibon»ga aloqasi yöq.
Lekin «Tolibon»da içki nizo kuçayib, öz jangari guruhlari ustidan nazoratni yöqotgan taqdirda mintaqa mamlakatlariga terrorizm tahdidi ortişi mumkin.
Umuman olganda, Markaziy Osiyoda radikal ğoyalarga bölgan talab mubolağa qilinadi. Afğonistondagi vaziyat mahalliy jamiyatlar «Tolibon»ning muvaffaqiyatidan ilhomlanib, öz mamlakatlarida şunga öxşaş narsalarni uyuştirişga tayyorligini ham anglatmaydi. Diniy va etnik yaqinligiga qaramay, Afğoniston va Markaziy Osiyo davlatlari ançadan buyon butunlay boşqaça şaroitda rivojlanib kelgan va bir-biri bilan köpçilik öylagandan köra kamroq umumiyliklarga ega.
2017 yil ma'lumotlariga köra, Afğoniston aholisining qariyb 10 foizi öqotar qurolga ega, Özbekiston, Turkmaniston va Tojikistonda bu körsatkiç 0,003 foizni, Qirğiziston va Qozoğistonda 0,02 foizni taşkil etadi.
Aytiş mumkinki, Afğonistondagi inqiroz mintaqa uçun yangi xavflar tuğdiradi, lekin Markaziy Osiyo uzoq vaqt davomida öz çegaralarida tartibsizlik bilan yaşagan va «Tolibon» xavfi bilan kuraşda yigirma yillik tajribaga ega. Bu vaqt mobaynida mamlakatlar öz pozitsiyalarini mustahkamlaşga ulgurişdi va hozirda kutilmagan hodisalarga ança yaxşi tayyorgarlik körişgan. Afğonistondagi sönggi voqealar Markaziy Osiyoda xaos yuzaga keltirişi dargumon. Hukmron tuzumlar jamiyat ustidan nazoratni kuçaytirişi, Rossiya esa mintaqaviy xavfsizlikdagi rolini oşirişi ehtimoli köproq.
Moskvadagi Karnegi tadqiqotlar markazi materiali asosida Doston Ahrorov tayyorladi













