Markaziy Osiyodan kelgan 7 nafar fuqaro hibsga olinganidan töqqiz oy ötib, ularga ayblov e’lon qilindi. Ular Germaniyada terrorçilik guruhi tuzgan va teraktlar rejalaştirgan, deya ma’lum qildi Karlsrue federal prokuraturasi 24 aprel, çorşanba kuni Dyusseldorfdagi oliy mintaqaviy sudda ularga ayblov qöyib. Katta ehtimol bilan, ayblanuvçilar yaqin orada sudga olib kelinadi.

Markaziy Osiyodan kelganlar xorijdagilar uçun pul yiğgan

Yetti kişidan olti nafari Germaniya içida terrorçilik guruhini tuziş, şuningdek, IŞID terrorçilik taşkilotini qöllab-quvvatlaşda ayblanmoqda. Bundan taşqari, hibsga olingan beş kişi Germaniya taşqi savdo qonunini buzgani böyiça gumon qilinmoqda. Prokuratura ma’lumotlariga köra, ular IŞID uçun pul yiğib, xorijdagilarga bir neça ming yevro ötkazgan.

2023 yil iyul oyida Şimoliy Reyn-Vestfaliya federal ştatida beş nafar Tojikiston, bir nafar Qirğiziston va bir nafar Turkmaniston fuqarosi qölga olingan va öşandan beri hibsda saqlanmoqda. Hibsga olingan paytda ular 20 yoşdan 46 yoşgaça bölgan.

Markaziy osiyolik muhojirlar Germaniyaga Ukrainadan kelgan 

Prokuratura ma’lumotlariga köra, ayblanuvçilar bir-birini uzoq vaqtdan beri tanigan va radikal qaraşlarga ega bölgan. 2022 yil bahorida Rossiyaning Ukrainaga hujumi boşlanganidan köp ötmay, ular «deyarli bir vaqtning özida» bu mamlakatdan Germaniyaga jönab ketgan va u yerda hozirda Niderlandiyada sud qilinayotgan boşqa gumondorga qöşilgan. Ular Germaniya va boşqa Ğarbiy Yevropa davlatlarida teraktlar sodir etilişi mumkin bölgan joylarni örgangan, deya ta’kidlaydi departament. 

Bu guruh a’zolari IŞIDning Afğoniston bölimi vakillari bilan aloqada bölgan. Şuningdek, ular hujumlarni amalga oşiriş uçun pul va qurol topişga harakat qilgan. Şu bilan birga, hibsga olingan paytda ular hali «hujumning aniq rejasi»ga ega emas edi, deya ma’lum qildi Karlsruedagi mahkama. 

IŞIDning Afğoniston bölimi, jumladan, Moskva viloyatidagi «Krokus Siti Xoll» konsert zaliga uyuştirilgan va 130 dan ortiq odamning hayotiga zomin bölgan hujum uçun javobgarlikni öz zimmasiga oldi. Germaniya xavfsizlik idoralariga köra, hozirda bu guruh hujumlar uçun eng katta xavf tuğdirmoqda. Kyoln va Venada teraktlarni rejalaştirişda gumon qilingan va şu yil boşida uşlangan bir qança gumonlanuvçilar ham uşbu guruhga aloqador bölgan.