Filialning oçiliş marosimiga talaba yoşlar va ularning ota-onalari taklif etildi.

Şahriza Jalolova katta oilaning 3-farzandi. U şu yili Şayxontohur tumanidagi 34-örta maktabni tamomlab, Gersen nomidagi pedagogika universitetining Toşkent filialiga öqişga kirdi. Biz Şahriza bilan universitetning oçiliş marosimida tanişib qoldik.

«Bolalikdan öqituvçilik kasbiga qiziqib ösdim, deydi biz bilan suhbatda u. Sababi mening onam 30 yillik malakaga ega mohir pedagog. Onamning maktabga, bolalarga bölgan çeksiz mehri bora-bora menda şu kasbga qiziqiş uyğotdi. Men har doim onamga taqlid qilganman. Hatto bolalar bilan öynaganimda ham men unga öxşaşga harakat qilardim. Yurtimizda şunday zamonaviy çet el oliygohi filiali oçilganidan eng avvalo mening onam xursand böldi, nazarimda.

Gersen nomidagi universitetga öqişga kirib nafaqat öz qiziqişlarim, balki onamning qaçonlardir uşalmay qolgan orzularini amalga oşirayotganimdan quvonyapman.

Bugun tengdoş döstlarim bilan biz juda baxtiyormiz. Sababi biz eng nufuzli pedagogika oliygohining ilk talabalarimiz. Men lingvistika fakultetini tanladim. Kelajakda sevimli kasbim orqali bolajonlarga çet tilini örgataman. Bu mening bolalikdagi orzum edi».

Toşkentda Gersen nomidagi Rossiya pedagogika universiteti filiali oçildi. Bayramona kayfiyat hukmron bölgan mazkur tadbirga Şahriza singari talaba yoşlar va ularning ota-onalari ham taklif etildilar.

Yangi öquv yili tantanalariga ulanib ketgan mazkur tadbir ikki buyuk davlatning madhiyasi sadolari bilan boşlandi.

Maktabgaça ta'lim vaziri hamda Rossiyaning Özbekistondagi muxtor elçisi va elçixona vakillari iştirok etgan tadbirda ta'lim tizimidagi islohotlarning bugungi ahamiyati borasida gapirildi. Maktabgaça ta'lim tizimidagi yangi ğoyalarni harakatga keltirişda mazkur universitetning örni alohida e'tirof etildi.