Ma'lum qilinişiça, A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti Toşkent filialida 2021-2022 öquv yilidan boşlab “Maktabgaça ta'lim”, “Maxsus pedagogika (Surdopedagogika, Tiflopedagogika, Oligofrenopedagogika)”, “Psixologiya”, “Rus tilini öqitiş nazariyasi va metodikasi” va “Psixologiya va ijtimoiy pedagogika” ta'lim yönalişlari böyiça kadrlar tayyorlanadi. Filialda öqitiş grant va şartnoma asosida amalga oşiriladi.

Qahramon Olimov 2020 yil mart oyida prezident qarori bilan maktabgaça ta'lim vazirining birinçi örinbosari etib tayinlangandi. U bungaça vazirlikda boşqarma boşliği, Buxoro muhandislik texnologiya institutining birinçi prorektori lavozimlarida işlagan.

Joriy yil 24 may kuni prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida maktabgaça ta'lim qamrovini kengaytiriş yuzasidan ötkazilgan yiğilişda Qahramon Olimov «öz faoliyatida sustkaşlikka yöl qöygani uçun» lavozimidan ozod etildi, maktabgaça ta'lim vazirining qolgan örinbosarlari va hududiy rahbarlar «vazifasini bajaruvçi» maqomiga ötkazildi.