Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Endi qaror noqonuniy emasligini sudda isbotlash majburiyati uni qabul qilgan mansabdorning o‘ziga yuklanadi - Shavkat Mirziyoyev
Mansabdor shaxslarning qarorlari ustidan berilgan shikoyatlarni ko‘rib chiqish tizimi takomillashtiriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ma'lum qildi.
“Bu borada ma'muriy sudning o‘rni va rolini kuchaytirish maqsadida, uning vakolatlari kengaytiriladi. Shuningdek, ma'muriy sudlarga davlat idoralari tomonidan yetkazilgan zararni qoplash va boshqa huquqiy oqibatlarga oid masalalarni hal qilish vakolati beriladi.
Bundan tashqari, endi qaror noqonuniy emasligini sudda isbotlash majburiyati uni qabul qilgan mansabdorning o‘ziga yuklanadi. Mansabdor shaxslar ma'muriy sud qarorini bajarmagan taqdirda, ularga nisbatan “oshib boradigan” jarima va boshqa huquqiy choralarni qo‘llash tartibi kiritiladi. Shu orqali shikoyatlar sonining kamida 2 barobar qisqarishiga erishish mumkin.
Sudlar faoliyatiga “yagona darcha” tartibi joriy etiladi. Ya'ni, bundan buyon, ish fuqarolik, iqtisodiy yoki ma'muriy sudga taalluqli bo‘lishidan qat'i nazar, ariza “yagona darcha” asosida qabul qilinadi. Bu esa fuqaro va tadbirkorlarning eshikma-eshik sarson bo‘lishiga chek qo‘yadi.
Prokuratura faoliyati fuqarolarning qadr-qimmati, huquqlari va erkinliklarini samarali himoya qilishga yo‘naltiriladi. “Qonun – ustuvor, jazo – muqarrar” degan prinsip prokuratura organlari faoliyatining bosh mezoni bo‘lishi zarur. Buning uchun 20 yil avval qabul qilingan “Prokuratura to‘g‘risida”gi qonun o‘rniga mamlakatda qonuniylikni qat'iy ta'minlaydigan, ochiq va adolatli prokuratura tizimining yangi huquqiy asoslarini yaratish lozim.
Ichki ishlar organlarini xalqqa va har bir oilaga yanada yaqinlashtirish, bu tizimni chin ma'noda xalqchil tuzilmaga aylantirish borasida boshlagan islohotlarimizni izchil davom ettiramiz. Ayniqsa, bu sohani ma'naviy pok, o‘z burchiga sodiq, xalqparvar va mas'uliyatli xodimlar bilan to‘ldirib borishga alohida e'tibor qaratamiz. Bundan buyon ichki ishlar organlari faoliyatini baholashda aholi muammolarini hal etish va fuqarolar murojaatlari bilan ishlash natijadorligi asosiy mezon etib belgilanadi.
Ma'lumki, qayerda kamchiliklar ro‘y-rost aytilmas ekan, u joyda ijobiy o‘zgarish bo‘lmaydi. Shuning uchun, sohani ijtimoiy fikr asosida xolis baholash maqsadida, Ichki ishlar vazirligining barcha pog‘onalarida Jamoatchilik kengashlari tuziladi. Ichki ishlar xodimlarining “Kasbiy madaniyat kodeksi”ni qabul qilish va joriy etish ushbu tizimda o‘z xizmat burchiga nisbatan mas'uliyat hissini oshirishda muhim rol o‘ynaydi, deb hisoblayman”, dedi prezident.
Mavzuga oid
16:30 / 04.04.2026
Uyma-uy yordam va ijtimoiy aksiyalar: «Xalq bilan birga» dasturi qanday amalga oshiriladi?
23:15 / 24.08.2025
Mirziyoyev Zelenskiyga tabrik yo‘lladi
14:05 / 06.03.2025
O‘zbekiston uchun xalqaro darajadagi 10 000 nafar moliya mutaxassisini qanday tayyorlash kerak?
20:00 / 11.09.2024