Avgust oyining bir haftasini Turkiya safariga bağişladim. Turkiyaning olti şahri: Istanbul, Anqara, Köniyo, Kappadokiya, Antaliya va Pamukkale şaharlarida bölib, mamlakatning ança joyini aylanib çiqdik. Yevropa va Osiyoni boğlab turuvçi, xalqaro yölak vazifasini ötovçi mamlakatdan örganişimiz lozim jihatlar talaygina. Sayohat qiliş qançaga tuşişi, turk madaniyati, bozorlari, aeroportlari va boşqa muhim ma'lumotlarni e'tiboringizga havola etamiz.

Aeroportdan aeroportgaça

Biror xorij mamlakatiga borganda birinçi taassurotimiz, tabiiyki, öşa yerning aeroporti bilan boğliq böladi. Mamlakat haqida ilk bahoni aeroportdan boşlaymiz. Sayohat davomida menda Özbekiston va Turkiya xalqaro aeroportlarini taqqoslaş imkoni böldi. Bunda bir neçta muhim jihatlarni sanab ötiş kerak.

Birinçidan, valuta ayirboşlaş. Aeroportda sömni dollarga almaştiraman, deb öylagandim. Ammo adaşibman. Xalqaro aeroport böyiça yagona (!) bölgan valuta ayirboşlaş şoxobçasiga borib, xodimga sömni dollarga almaştirmoqçi ekanligimni aytdim. U bu yerda faqatgina dollar sömga almaştirilişi, agar sömni dollarga almaştirmoqçi bölsam, aeroportga yaqin bankka soat 9.00 dan borişim mumkinligini aytdi. Istanbulga reysimiz soat 7.40 da edi. “Şu yerda almaştirib beraqoling”, degan iltimosimga “Biz ayirboşlaş şoxobçasimiz, bank emas”, degan javobni oldim. Ehtimol, bank filialini şu yerda taşkil qiliş qiyin bölsa kerak.

Söngra aeroport xodimlaridan biriga muammomni aytganimda, taşqaridagi kirakaşlar almaştirib berişlarini aytdi. Aeroport hududidan çiqib, ularning oldiga bordim va 200 dollarni almaştiriş uçun bankdagi kursdan 150 ming söm köproq tölaşimga töğri keldi. Ham vaqtim, ham naqdim, ham asablarimdan ayrildim. Dollarni sömga aylantiriş mumkin bölgan joyda sömni dollarga ayirboşlaş, nahotki, ilojsiz?

Turkiya aeroportida har qadamda ayirboşlaş şoxobçalariga duç kelasiz. Istalgan mamlakat valutasini turk lirasiga yoki aksinça; uyga ketişdan oldin ortib qolgan lirangizni özbek sömiga muammosiz almaştirib ketişingiz mumkin. Valuta almaştirmoqçi bölsangiz, bu işni aeroportdan taşqarida, şahar içkarisida amalga oşirgan ma'qul. Çunki aeroportda kurs pastroq baholanadi. Şuningdek, dam oliş kunlari turk lirasi kursi pasayarkan. Bu holat dam oliş kuni sayyohlar oqimi köpayişi bilan boğliq bölsa kerak. Bizdagiga öxşab Turkiyada ham banklarning valuta kurslarida farq bor.