Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda 2030 yilga borib aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromad 4 ming dollardan oshirilishi rejalashtirilmoqda
O‘zbekistonda kelgusi besh yilda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotni 1,6 barobar oshirish vazifasi turibdi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi qurultoyida ma'lum qildi.
“Shu tariqa 2030 yilga borib, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadni 4 ming dollardan oshirib, “daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar” qatoriga kirishga puxta zamin yaratgan bo‘lamiz.
Albatta, bu oson vazifa emas. Bunga erishish uchun, avvalo, iqtisodiyotda ilm va innovatsiyalarga asoslangan rivojlanish hisobidan yangi texnologiyalar va qo‘shilgan qiymat zanjirlarini ko‘paytirish orqali mehnat samaradorligida tub o‘zgarishlar qilishimiz shart.
Shu maqsadda, birinchidan, kelgusi besh yilda sanoat mahsulotlari hajmi 1,4 barobar, mehnat unumdorligi esa kamida 2 marta oshiriladi. Buni, avvalo, “drayver” sohalarda “xomashyodan – tayyor mahsulotgacha” degan tamoyil asosida sanoat klasteri tizimini rivojlantirish orqali yo‘lga qo‘yamiz.
Misol uchun, mis sanoati klasterini tashkil etish bilan kelgusi besh yilda mis va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi 2 martaga ko‘payadi hamda 8 milliard dollarlik mahsulot ishlab chiqarishga asos yaratiladi. Navoiy, Olmaliq va Bekobod metallurgiya korxonalarida qator yirik loyihalarni amalga oshirish hisobiga qo‘shimcha 10 milliard dollarlik mahsulotlar ishlab chiqarish ta'minlanadi. Shuningdek, tabiiy gazni qayta ishlash darajasini 8 foizdan 20 foizga oshirish orqali kimyo sanoatida 2 milliard dollarlik mahsulot ishlab chiqariladi.
Yaqinda “Navoiyazot” korxonasi negizida Markaziy Osiyoda birinchi yirik kimyo texnologik klasteri tashkil etilganidan xabaringiz bor. Kelgusi yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Qashqadaryo, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida yana 5 ta kimyo texnologik klaster tashkil etiladi va ularda umumiy qiymati qariyb 7 milliard dollarlik 40 dan ziyod istiqbolli loyihalar amalga oshiriladi.
Ushbu loyihalar uchun yosh, zamonaviy bilimlarga ega kadrlar va olimlarni tayyorlash maqsadida Toshkentdagi Ulug‘bek shaharchasida kimyo sohasida ilmiy va ta'lim klasteri tashkil etiladi.
Sanoatni resurs bazasi bilan ta'minlash uchun geologiya-qidiruv ishlari hajmi keskin oshiriladi, sohaga xususiy investorlar va ilg‘or xorijiy kompaniyalar keng jalb qilinadi. Bunda, yerosti boyliklaridan foydalanish uchun soliq stavkalari noruda qazilmalar bo‘yicha – 2 martaga, tabiiy gaz bo‘yicha – 3 martaga, neft bo‘yicha – 2 martaga kamaytiriladi. Shuningdek, ushbu soliq mis va oltin bo‘yicha – 7 foizgacha pasaytiriladi.
Ilm-fanni rivojlantirish orqali sanoat tarmoqlariga eng zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish dasturlari ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi”, dedi davlat rahbari.
Mavzuga oid
16:30 / 04.04.2026
Uyma-uy yordam va ijtimoiy aksiyalar: «Xalq bilan birga» dasturi qanday amalga oshiriladi?
23:15 / 24.08.2025
Mirziyoyev Zelenskiyga tabrik yo‘lladi
14:05 / 06.03.2025
O‘zbekiston uchun xalqaro darajadagi 10 000 nafar moliya mutaxassisini qanday tayyorlash kerak?
20:00 / 11.09.2024