Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev: «200 ming gektar paxta va g‘alla maydonlari qisqartirilib, aholiga uzoq muddatli ijaraga beriladi»
O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligining yillik o‘sish sur'atlarini kamida 5 foizga, bir gektardan o‘rtacha daromadni 5 ming dollarga, qishloq xo‘jaligining eksport hajmini 7 milliard dollarga yetkazish vazifasi qo‘yilmoqda. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ma'lum qildi.
“Buning uchun, quyidagi masalalarga alohida e'tibor qaratiladi.
Qishloq xo‘jaligida davlat aralashuviga to‘liq barham berib, mahsulot ishlab chiqarishni sanoat bosqichiga olib chiqish lozim. Bunda, tumanlar aniq mahsulotlar yetishtirishga ixtisoslashtirilib, davlat tomonidan dehqonlarni qo‘llab-quvvatlash uchun subsidiyalar ajratiladi.
Agrar tarmoqdagi klaster korxonalari va fermer xo‘jaliklari faoliyatini barqaror, qulay shart va muddatlarda moliyalashtirish va sug‘urtalashning mutlaqo yangi mexanizmlari amalga oshiriladi.
Shu bilan birga, davlat idoralari tomonidan narx belgilash hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini majburiy sotib olish tizimi ham to‘liq bekor qilinib, erkin bozor munosabatlari joriy qilinadi.
Bundan tashqari, qishloq xo‘jaligi yerlaridan unumli va samarali foydalanish maqsadida, 200 ming gektar paxta va g‘alla maydonlari qisqartirilib, aholiga ochiq tanlov asosida, 10 sotixdan 1 gektargacha uzoq muddatli ijaraga beriladi.
Eksportbop mahsulotlar yetishtirish hamda meva-sabzavotchilikni rivojlantirish maqsadida, yangi o‘zlashtiriladigan 400 ming gektar yer maydonlari klaster korxonalariga ochiq tanlov asosida ajratiladi.
Kelgusi besh yilda intensiv bog‘lar 3 barobar (150 ming gektar) va issiqxonalar 2 barobar (11 ming gektar) ko‘paytiriladi. Bu orqali mamlakatimiz eksport salohiyatini yana 1 milliard dollarga oshirish imkoniyati yaratiladi. Tuproq unumdorligini oshirish va muhofaza qilish bo‘yicha alohida qonun ishlab chiqiladi”, dedi davlat rahbari.
Mavzuga oid
16:30 / 04.04.2026
Uyma-uy yordam va ijtimoiy aksiyalar: «Xalq bilan birga» dasturi qanday amalga oshiriladi?
23:15 / 24.08.2025
Mirziyoyev Zelenskiyga tabrik yo‘lladi
14:05 / 06.03.2025
O‘zbekiston uchun xalqaro darajadagi 10 000 nafar moliya mutaxassisini qanday tayyorlash kerak?
20:00 / 11.09.2024