Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
SamDTI talabalari yangi o‘quv yilini zamonaviy binoda boshlashdi
Samarqand davlat tibbiyot instituti talaba-yoshlari joriy o‘quv yilini yangi binoda boshlashdi. Bir so‘z bilan aytganda, zamon talablariga javob beradigan mazkur bino nafaqat talabalar, balki pedagogik jamoa uchun ham muhim ahamiyat kasb etdi.

Joriy yilda oliygohning birinchi bosqichiga 1846 nafar talaba, ulardan 875 nafari bakalavriat, 202 nafari magistratura, 482 nafari klinik ordinaturaga qabul qilindi. Xalqaro qo‘shma ta'lim dasturlari asosida 225 nafar bakalavriat, 10 nafar magistratura, 52 nafar klinik ordinatura yo‘nalishida o‘qishni boshlashdi.
Dastlabki kunlardanoq talabalarga karantin qoidalariga amal qilish tavsiya etildi. Xususan, binoning kirish qismida tana harorati o‘lchanib, antiseptik vositalar va bir martalik niqoblar tashkil qilindi.
Mustaqillik darsida Samarqand davlat tibbiyot instituti rektori, professor Jasur Rizayev birinchi kursga qabul qilingan talabalar bilan uchrashdi. Tadbirda talabalar va ularning ota-onalari, yaqinlarini tabrikladi. So‘nggi yillarda ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida qabul kvotalari oshirilib, alohida imtiyozlar joriy etilgani, institutda yangi yo‘nalishlar ochilgani ta'lim sifatining ijobiy tomonga o‘zgarayotgani e'tirof etildi. Bu tabiiyki, ta'lim-tarbiya olish istagida bo‘lgan yoshlar uchun qo‘shimcha imkoniyat berishini anglatadi.
Birinchi kurs talabalariga bir hafta davomida tanishtiruv hamda Mustaqillik darslari o‘tildi. Qolgan barcha kurs talabalariga darslar o‘quv reja asosida olib borildi.
Ma'lumot o‘rnida aytish lozim, institutning yangi binosi bir vaqtning o‘zida 800 dan ortiq talabani qamrab oladi. Ayni vaqtda mazkur binoda 1-3 kurs talabalari tahsil olmoqda. Binoda o‘ttizdan ortiq kimyo laboratoriya xonalari, yigirmadan ortiq so‘nggi rusumdagi mikroskoplar bilan jihozlangan xonalar mavjud.
Samarqand davlat tibbiyot instituti axborot xizmati Ⓣ
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hilola Umarova PA rahbariga o‘rinbosar bo‘ldi
O‘zbekiston | 17:13
-
Faqat oylikka yashab, boy bo‘lish mumkinmi? Asosiy qadam – budjet yuritish
Jamiyat | 17:02
-
Afg‘oniston xalqaro miqyosda tan olinishi uchun barcha shartlarni bajarganini e’lon qildi
Jahon | 16:42
-
Kamerunning 92 yoshli prezidenti yana bir muddatga o‘z nomzodini qo‘yishga qaror qildi
Jahon | 16:18
Mavzuga oid

15:41 / 28.01.2022
Samarqand davlat tibbiyot instituti Turkiya oliygohlari bilan hamkorlikni kuchaytiradi

20:00 / 16.11.2021
Samarqand davlat tibbiyot institutining yangi muzeyidan mingdan ortiq eksponat o‘rin oldi

09:00 / 19.10.2021
Samarqand davlat tibbiyot institutining 800 o‘rinli binosi foydalanishga topshirildi

10:29 / 18.10.2021