00:04 / 15.09.2021
15921

Yangi Zelandiyani qayta nomlash talab qilindi

Foto: Hagen Hopkins/Getty Images

Yangi Zelandiyaning tub aholisini birlashtiruvchi “Maori partiyasi” mamlakat nomini “Aotearoa” deb o‘zgartirish haqida hukumatga petitsiya berdi. Ta'kidlanishicha, Yangi Zelandiya tub aholi - maori tilida shunday ataladi

Ma'lumotlarga ko‘ra, maori tilidan “Aotearoa” “uzun oq bulut mamlakati” deb tarjima qilinadi. 

“Aotearoa mamlakatni bo‘laklovchi emas, balki birlashtiruvchi nomdir. Qolganlar buni mamlakatni bo‘laklash vositasi sifatida qo‘llashga urinmoqda, biroq bu ajdodlarimiz ushbu yerda barchamiz yashashimizga rozilik bergan, barchani qamrab oluvchi vosita hisoblanadi. Yangi Zelandiya mamlakatning gollandcha nomlanishidir. Hattoki gollandlar ham o‘z mamlakatlarini Gollandiyadan Niderlandiyaga o‘zgartirishdi”, deb aytilgan partiya murojaatida.

Shuningdek, petitsiyada mamlakatning barcha shaharlariga maori tilidagi dastlabki nomlarini qaytarish lozimligi aytilgan. Ushbu jarayonni 2026 yilgacha yakunlash ko‘zda tutilmoqda.

Top