Deylik, Toşkentda biror tanişi bölmagan 1-bosqiç talabasi poytaxtga bir töda yuklari bilan keldi. U bu keça qayerda tunaydi? Tabiiyki, oliygoh heç qaçon 1-bosqiç talabasini darrov yotoqxonaga qabul qilmaydi. Qöşimçasiga u kontrakt asosida öqişga qabul qilingan bölsa. Ustiga-ustak, yotoqxonaga «temir daftar»da turuvçi va oilada birdan ortiq kontrakt asosida öqiydiganlar qabul qilinib, ortgan örinlar qolgan talabalarga tarqatiladi. Yotoq yetmaganlar otang bozor, onang bozor, deb uy bozoriga yöl oladi.

«10 marta talabaga ijara uy berganman va hammasida puşaymon bölganman»
Uy bozorida 1 xonali kvartira ijarasi 200-250 dollardan kam emas. Buni uy bozoridagi maklerlar ham tasdiqladi. Suriştiruvlarimizga köra, bir talabaning oylik ijara puli 70-80 dollarga töğri keladi. Lekin undan ham avval talaba uçun ijara uy topiş muammo. Aksar uy egalari talabaga uy berişga rozi bölmaydi.
Şunday uy egalaridan biri Abror Zohidov 10 marta talabaga ijara uy bergani va 10 martasida ham puşaymon bölganini aytadi.

«Oy oxirlab ijara pulini olişga borganimda, talabalar biror marta ijara pulini töliq berişmagan. Bundan taşqari, ular heç aytgan 4 kişi deb 4 kişi turmaydi. 6-7 kişi bölib ketişadi. Talabalar deyarli bir xil yoşda bölgani sabab, heç kim mas'uliyatni öz böyniga olmaydi, xona tözib ketadi. Oilani ijara qöysam, mas'uliyat bir kişi zimmasida böladi, pul vaqtida tölanib, xonadon toza turadi», deb holatga izoh berdi Abror aka.
Ijara masalasi faqat talablarning dardi emas
Toşkentda rivojlanaman deb işlayotgan, qöşimça hunar örganayotgan yoşlar ham turar joy topişda ança qiynalmoqda. Şunday yoşlardan biri E'zoza Olimovaning ta'kidlaşiça, oilali bölmagan har qanday kişi uçun Toşkentda turar joy topiş katta muammoga aylanadi. Ijara uy topiş bir muammo bölsa, topilgan uy narxi yana bir muammo.

«Davlat işida işlaydigan odam örtaça 3-4 million söm oylik olsa, uning kamida yarmini ijaraga bersa, qolgan ehtiyojlarini qaysi puliga qondiradi? Istardimki, hozir yangi qurilayotgan uylar bilan bir qatorda viloyatdan kelgan mehmonlar uçun oyliklarimiz kötaradigan narxda ijara uy inşootlari qurilsa, şunday tizim yaratilsa», dedi E'zoza.












