O‘zbekiston | 08:32 / 17.09.2021
7059
1 daqiqa o‘qiladi

Navoiyda oltin ma'danlarni qazib olish va qayta ishlash kompleksi quriladi

Vazirlar Mahkamasi “Pistali” konida tarkibida oltin bo‘lgan ma'danlarni qazib olish va qayta ishlash kompleksini qurish (6-GMZ)” investitsiya loyihasining TIAni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorni qabul qildi.

Investitsiya loyihasining qiymati 274 668,9 ming dollarni tashkil etadi. Obektni 2024 yil dekabr oyida foydalanishga topshirish yiliga tarkibida oltin bo‘lgan 4 mln tonna hajmdagi ma'danlarni qazib olish bo‘yicha qo‘shimcha quvvatlar tashkil etish imkonini beradi.

Loyihani amalga oshirish uchun 245 070 ming dollar miqdorida 5 yil muddatga uch yillik imtiyozli davr bilan xorijiy kreditlar jalb qilinadi.

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • “Pistali” konida tarkibida oltin bo‘lgan ma'danlarni qazib olish va qayta ishlash kompleksini qurish (6-GMZ)" investitsiya loyihasi TIAning asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari;
  • investitsiya loyihasi bo‘yicha xorijiy banklar kreditlarini qaytarish reja-jadvali.

"Navoiy KMK" AJ qarz oluvchi bo‘lib, investitsiya loyihasining amalga oshirilishi, xorijiy banklarning kreditlaridan maqsadli hamda samarali foydalanilishi uchun mas'ul hisoblanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid