2026 yil yanvar-aprel oylarida Özbekistonning taşqi savdo aylanmasi 26,3 mlrd dollarni taşkil etdi. Bu 2025 yilning mos davriga nisbatan 1,4 mlrd dollarga yoki 5,8 foizga köp.

Bunda eksport hajmi 9,9 mlrd dollar (+16,8 foiz), import hajmi esa 16,3 mlrd dollar (+26,7 foiz) böldi. Taşqi savdo salbiy saldosi — 6,4 mlrd dollar.

Hisobot davrida taşqi savdo aylanmasining salmoqli qismi Xitoy (23,6 foiz), Rossiya (17,2) Qozoğiston (6,9 foiz), Turkiya (3,5 foiz) va Afğoniston (2,8 foiz) bilan qayd etilgan.
Dastlabki 4 oylikda ötgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda, top yigirmatalikdagi yirik hamkor davlatlarning hammasi bilan savdo aylanmasi miqdori oşgan. Xususan, Irlandiya (+410 foiz), BAA (+87,5 foiz), Qirğiziston (+56 foiz), Vetnam (+53 foiz), Tojikiston (+50 foiz), Xitoy (+49 foiz) va Afğoniston (+41 foiz) kabi davlatlar bilan umumiy savdo aylanmasida katta ösiş qayd etilgan.
Eksport
Hisobot davrida 1,5 mlrd dollarlik (- 72,5 foiz) oltin sotilgan. Bu umumiy eksportning 15,1 foizini taşkil etadi. Yil boşidan beri faqat aprel oyidagina qimmatbaho metall eksporti amalga oşirilgan.
Şuningdek, eksport tarkibida xizmatlar (34,7 foiz), sanoat tovarlari (15 foiz), kimyoviy vositalar (8,1 foiz), turli xil tayyor buyumlar (7,9 foiz), oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (7,5 foiz) hamda mineral yoqilğilar (4,5 foiz) ham sezilarli uluşga ega bölgan.

Hisobot davrida 129,4 mln dollarlik gaz sotilgan bölib, bu ötgan yilning mos davriga nisbatan 35,2 foizga kam. Bundan taşqari, 234,3 mln dollarlik neft va neft mahsulotlari (+55 foiz), 82,2 mln dollarlik elektr toki (-4,2 foiz) eksporti ham amalga oşirilgan. Şuningdek, 438,3 mln dollarlik avtomobil va uning ehtiyot qismlari sotilgan. Bu 2025 yilning mos davriga nisbatan 31,2 foizga köp.
Taşqi savdo aylanmasida tovarlar va xizmatlar eksporti böyiça asosiy hamkorlar Rossiya (14,5 foiz), Xitoy (9,2 foiz), Afğoniston (6,5 foiz), Fransiya (5 foiz), Qozoğiston (4,3 foiz), Turkiya (3,6 foiz), BAA (2,7 foiz), Qirğiziston (2,5 foiz), Tojikiston (2,1 foiz) kabi davlatlar bölgan. Ularning umumiy eksportdagi uluşi 50 foizdan köproqni taşkil etadi.











