16:00 / 18.09.2021
39620
Reklama

Rossiya bozoridan so‘ng endi O‘zbekistonda - GAC Motor

GAC GS8 Modeli, 2021 yil 1 oktyabrdan Toshkentda sotuvi boshlanadi

Joriy yilning sentabr oyida O‘zbekiston avtomobil olamida yana bir yangi brend o‘z faoliyatini rasmiy ravishda boshladi. Ushbu marka dileri o‘z mijozlariga nafaqat zamonaviy avtomobillar, balki ularga sifatli servis ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi va 5 yillik kafolat davrini ham taqdim qiladi.

GAC motor avtomobillari butun MDH, xususan Rossiya davlatida iliq kutib olindi va sotuvlar soni bo‘yicha ham turdosh avtomobillardan o‘zib keta boshladi. GC5 va GC8 krossoverlari Rossiyaning anomal ob-havo sharoitlarida, o‘rmonli, yomg‘irli hududlarda ham iste'molchilar ishonchini oqlab kelmoqda. Avtomobilning zamonaviy ko‘rinishi, qulayliklari va yumshoq podvestkasi ham aynan O‘zbekiston sharoitiga to‘g‘ri keladi va bu lineykadagi avtomobillar ham shahar tashqarisida kundalik yurishlar uchun mos keladi.

Xitoyda joylashgan GAC motor zavodida 2018 yilga qadar AQShning JEEP, Yaponiyaning Honda, Toyota avtomobillari ishlab chiqarilgan. Aynan ushbu zavod konveeri, muhandislari va dizaynerlari yordamida yangi markaga asos solingan.

2021 yilning 1 sentyabrdan boshlab Toshkentdagi diler GS5 modelining savdolarini boshladi va hozirda 3 xil rangdagi eng yuqori pozitsiyadagi avtomobillar sotuvda mavjud.

GAC GS5 modeli
GAC GS5ning salon ko‘rinishi
GAC GS5, Sotuvi Boshlangan model

Joriy yilning 1 oktyabriga qadar yetti o‘rindiqli, to‘liq privodli GC8 modelning birinchi partiyasi O‘zbekistonga kirib keladi va sotuvga qo‘yiladi.

GAC GS8 7 kishilik krossoverning interer ko‘rinishi

Modelining narxi O‘zbekiston bozorida QQS va barcha bojxona to‘lovlarini inobatga olgan holda 407 million so‘mdan boshlanadi. Avtomobil sensorli panel,1,5 litrli tejamkor turbodvigatel, to‘liq panorama tom, multirul, charmdan ishlangan o‘rindiqlar, sifatli akustika va bir qancha premium sinfidagi avtomobillardagi kabi «yordamchi»lar bilan jihozlangan bo‘ladi.

Hozirda tayyor GC5 avtomobillarni Toshkent Shahar, Sergeli tumanida joylashgan Bestune Hongqi avtosalonida test-drayv qilish va sotib olish imkoniyati mavjud.

Murojaat uchun:

Tel: +998 97 444 40 94

Tel: +998 97 444 40 92

Instagram: @bestune_hongqi

Telegram: t.me/fawbestuneuz

Sayt: faw-bestune.uz

Facebook: fb.com/bestune.uz/

Reklama huquqi asosida

Top