2021 yilda Nobel sovrindorlari mukofotni o‘z davlatlarida oladi

Foto: EPA
Koronavirus pandemiyasi sababli 2021 yilgi Nobel sovrindorlari mukofot va diplomlarni o‘zlari yashayotgan davlatlarda oladi. Bu haqda Nobel jamg‘armasi ma'lum qildi.
“Hamma pandemiya tezroq yakunlanishini istayapti, biroq hali bu yuz bermadi. Nobel mukofoti – bu jahon miqyosidagi tadbirdir. Har yil dunyoning turli burchaklaridagi sovrindorlar nomlari e'lon qilinadi hamda pandemiya va sayohatlar uchun imkoniyatlar borasidagi noaniqlik 2021 yilda mukofotlar sovrindorlar vatanlarida topshirilishiga olib keldi”, deb aytgan jamg‘arma ijrochi direktori Vidar Xelgesen.
Shu bilan birga, 6-12 dekabr kunlari Stokholm va Osloda mahalliy aholi uchun Nobel marosimi o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Nobel haftasi o‘tkazilishi formati haqida oktabr o‘rtasida ma'lum qilinadi. Hafta davomida mukofotlar topshirilishi marosimidan tashqari, an'anaviy Nobel banketi, sovrindorlar ma'ruzalari, seminarlar va konsertlar ham bo‘lib o‘tadi.
Tinchlik bo‘yicha mukofotni topshirish borasida hali bir to‘xtamga kelinmagan va Norvegiya Nobel qo‘mitasi uni Osloda topshirish imkoniyatini o‘zida saqlab qoladi.
Joriy yilda Nobel sovrindorlari quyidagicha tartibda e'lon qilinadi: 4 oktyabrda tibbiyot, 5 oktyabrda fizika, 6 oktyabrda kimyo, 7 oktyabrda adabiyot, 8 oktyabrda tinchlik bo‘yicha. 11 oktyabrda esa Shvetsiya davlat bankining mukofot asoschisi Alfred Nobel xotirasi uchun iqtisodiyot bo‘yicha mukofoti o‘z egasiga topshiriladi.
2020 yilda ham Nobel mukofoti topshirilishi marosimi pandemiya sababli onlayn rejimda o‘tgandi.
Tavsiya etamiz
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin Ukrainadagi jangovar harakatlarni hozirgi front chizig‘i bo‘ylab to‘xtatishni taklif qildi - FT
Jahon | 01:32
-
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Samarqandga keldi
O‘zbekiston | 23:20 / 22.04.2025
-
Qozog‘istonda ota-onasi qaramog‘isiz qolgan bola O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat | 23:14 / 22.04.2025
-
NASA zondi noodatiy shaklga ega asteroid suratlarini uzatdi
Jahon | 23:01 / 22.04.2025
Mavzuga oid

08:49 / 03.04.2025
«Yangi pandemiya dunyoda hatto ertagayoq boshlanishi mumkin» - JSST bosh direktori

10:41 / 13.03.2025
Germaniya razvedkasi: COVID-19 pandemiyasi Xitoydagi sizib chiqish sababli yuzaga kelgan

15:37 / 21.02.2025
Xitoyda ko‘rshapalaklar orasida yangi koronavirus aniqlandi

19:01 / 20.02.2025