Qayd etilişiça, Toşkent şahar hokimligi va Osiyo taraqqiyot banki örtasida “Toşkent şahri issiqlik ta'minoti tizimini davlat-xususiy şeriklik şartlari asosida modernizatsiya qiliş va boşqaruvga beriş” loyihasi yuzasidan maslahat xizmatlarini körsatiş böyiça bitim tuzilgan bölib, loyihani amalga oşiriş böyiça berilgan e'lon natijasiga köra qiziqiş bildirgan 3 ta xorijiy kompaniyadan “Veolia Central & Eastern Europe” (Fransiya) kompaniyasining taklifi Osiyo taraqqiyot banki tavsiyasiga köra Toşkent şahar hokimligi va Davlat-xususiy şeriklikni rivojlantiriş agentligi tomonidan ma'qul deb topilgan.

Loyiha konsepsiyasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan va unga köra uşbu loyiha ekspluatatsiya qiliş va texnik xizmat körsatiş şartlari asosida amalga oşirilişi nazarda tutilgan. “Veolia Central & Eastern Europe” (Fransiya) kompaniyasi tomonidan faqat loyihani amalga oşiriş uçun Özbekiston qonunçiligiga muvofiq “Veolia Energy Tashkent” maxcyc loyiha kompaniyasi yuridik şaxs sifatida röyxatdan ötkazilgan. Osiyo taraqqiyot banki dastlabki 3 yil davomida loyihani amalga oşiriş hamda monitoring olib boriş böyiça maslahatçi sifatida Toşkent şahar hokimligiga kömaklaşadi.

“Veolia Central & Eastern Europe” (Fransiya) kompaniyasi loyiha böyiça xususiy şerik etib belgilandi.

Toşkent şahar hokimligi davlat şerigi sifatida maxsus loyiha kompaniyasi bilan loyiha böyiça amal qiliş muddati 30 yil bölgan, şu jumladan, quyidagilarni nazarda tutuvçi davlat-xususiy şeriklik töğrisidagi bitimni rasmiylaştiradi:

  • samaradorlikning eng muhim körsatkiçlari (KPI) sifatida köp qavatli uylar va ijtimoiy soha obektlariga issiqlik podstansiyalari, issiqlik va issiq suv hisoblagiçlari örnatiş, şuningdek, avariya holatlari, issiqlik yöqotişlari, energiya va suv iste'molini keskin kamaytiriş hamda zamonaviy avtomatlaştirilgan tizimlarni joriy etiş;
  • maxsus loyiha kompaniyasi tomonidan tajriba loyihalari sifatida dastlabki ikki yilda Toşkent şahrining Bektemir va Sergeli tumanlaridagi “Vodnik” va “Sanoat energo” markazlaşgan qozonxonalari orqali 118 ta köp qavatli uy va 43 ta ijtimoiy obektning issiqlik ta'minoti tizimlarini modernizatsiya qiliş va yopiq tizimga ötkaziş;
  • tajriba loyihalari böyiça samaradorlikning eng muhim körsatkiçlari (KPI) ijrosi yuzasidan Osiyo taraqqiyot bankining tavsiyasiga hamda texnik auditorning hisoboti asosida bitim kuçga kirgan kundan boşlab 2 yildan keyin uni qayta körib çiqiş, şuningdek, davlat şerigiga 18 yildan keyin bitimni ixtiyoriy ravişda bir tomonlama bekor qiliş huquqini beriş;