Tsement uçun soliq stavkasi pasaytirildi, narx qançaga arzonlaydi? Quriliş materiallari böyiça mutaxassis bilan suhbat
|13:02 / 23.09.202117 23912 min
Tsement işlab çiqaruvçi korxonalarga foyda va yer qa'ridan foydalanganlik uçun soliqlar pasaytirilmoqda. Bu bevosita narxlarga ta'sir qiladi. Tsement işlab çiqarişda nima yangiliklar kutilmoqda, narxlar qançaga pasayadi, qurilişga buning qanday ta'siri bor? Kun.uz soha mutaxassisining fikrlarini bölişadi.
Prezident qaroriga muvofiq, 2021 yil 1 oktyabridan sement işlab çiqaruvçi korxonalar uçun foyda soliği 15 foizga, 2022 yil 1 yanvardan esa yer qa'ridan foydalanganlik soliği 45 ming sömdan 22 ming sömga pasaytirilmoqda. Bu nimani anglatadi, narxlar qançaga pasayadi, Özbekistonda sement işlab çiqariş tendensiyasida nima özgarişlar böladi? Kun.uz savollariga “Özsanoatqurilişmateriallari” uyuşmasi boşqarma boşliği Botir Xöjabekov javob beradi.
– Yer qa'ridan foydalanganlik uçun soliq stavkasining pasaytirilişi nimani anglatadi?
– Tsement işlab çiqariş amaliyotida avval ohaktoş portlatib, keyin uni maydalaş orqali sement olinadi. Bir tonna ohaktoş oliş uçun yer qa'ridan foydalanganlik soliği bor – 45 ming söm etib belgilangan. Bu bir tonna sementning 12-13 foizini taşkil qiladi. Bir tonna sement narxi 350 - 450 ming söm atrofida, 45 ming söm soliq bir tonnaga ötirsa, yer qa'ridan foydalanganlik soliği sement tannarxining 12-13 foizini taşkil qiladi. Yanada oddiy aytadigan bölsak, işlab çiqarilayotgan sement tannarxi 350-450 ming söm atrofida bölsa, öşaning 45 ming sömi yer qa'ridan foydalanganlik soliğidir.
Birjada sementning narxi 500-550 ming söm. 31 avgustda Prezidentning “Quriliş materiallari sanoatini qöllab-quvvatlaş çora-tadbirlari töğrisida”gi 52-39-sonli qarori qabul qilindi. Unga köra, sement işlab çiqariş korxonalari uçun 2021 yilning 1 oktyabridan foyda soliğini 20 foizdan 15 foizga tuşiriş belgilandi. Yer qa'ridan foydalanganlik uçun soliqni esa 2022 yil birinçi yanvardan 45 ming sömdan 22,5 ming sömga tuşiriş belgilandi. Bu nimaga olib keladi? Birinçi örinda mahalliy sement işlab çiqaruvçi korxonalar tomonidan işlab çiqarilayotgan sement tannarxi 22,5 ming sömga arzonlaşadi (bir tonnasi).
Sababiki, bir tonna sement işlab çiqariş uçun örtaça bir tonna ohaktoş sarf etiladi (örtaça birga birni taşkil etadi). Demak, bu sement korxonalarida işlab çiqarilayotgan sement tannarxi pasaysa, taklif qilinayotgan mahsulotning boşlanğiç narxini ham 22,5 ming sömga arzonlaştiriş imkoniyati tuğiladi. Tsement tannarxi 6-7 foizga arzonlaşadi.
(Eslatma: sement tannarxining 6-7 foizga arzonlaşi, 2022 yil boşida yer qa'ridan foydalanganlik soliği 22,5 ming söm bölganda yuz beradi.)
– Boşqa davlatlarda qanday, masalan qöşnilarda?
– Bizda yer qa'ridan foydalanganlik uçun soliq 45 ming söm bölsa, ohaktoş tannarxining 150-200 foizini taşkil etadi. Bir tonna ohaktoşni qazib oliş xarajati 25-30 ming sömga tuşgan taqdirda, ustiga 45 ming söm soliq ötiradi. Şu sababli bu ohaktoş tannarxini 150-200 foizga oşiradi.
Mavzuga oid
Uşbu soliq miqdori Qozoğistonda bu 4,7 foiz, Tojikistonda 7 foiz, Qirğizistonda 3 foiz, Turkmanistonda 0 dan 50 foizgaça. Bizda qöşnilarga qaraganda soliq yukining balandligi tufayli raqobatbardoşlikka ta'sir qiluvçi omillardan biri tuşib ketgan. Şu sababli stavka 22,5 ming sömga kamaytirildi. Qöşni davlatlardan bizgaça olib kelinadigan sementning logistika xarajatlari bilan soliştirganda raqobatbardoşlik muhiti yaxşilanadi.
Özbekiston va qöşni davlatlarda sement işlab çiqaruvçilar uçun soliq stavkalari
T/R
Körsatkiçlar
Ölçov birligi
Tsement yetkazib beruvçi asosiy davlatlar*
Qozoğiston
Tojikiston
Qirğiziston
Turkmaniston
Eron
Özbekiston
1
Foyda soliği
Foiz
20%
13%
10 %
8 %
0 – 25,3 %
20%
2
QQS
Foiz
12%
18 %
12 %
15%
9 %
15%
3
Yer qa'ridan foydalanganlik soliği
Foiz/tn
(söm)
4,7%
7 %
3 %
0-50% (rentabellikka qarab)
yöq
Tabiiy gazda işlovçi
korxonalar uçun
45000 söm/tn, Kömirdan işlaydigan korxonalar uçun
22500 söm/tn
4
Mol-mulk soliği
Foiz/tn
1,5%
3-15 %
0,8 %
1%
yöq
2%
5
Yer soliği
1ga/söm
1,2-14,3 ming söm
oraliğida (yer joylaşgan hududga qarab
özgaradi)
1,5-1,9 ming söm
oraliğida (yer joylaşgan hududga qarab
özgaradi)
0-50 ming söm
oraliğida (yer joylaşgan hududga qarab
özgaradi)
yöq
Kelişuvning 5% miqdorida
Toşkent şahrida 41,6-208 mln söm, viloyatlarda 20,8-33
mln söm oraliğida.
Qişloq xöjaligiga möljallanmagan yerlar uçun tuman va şaharlar kesimida.
- ularning iqtisodiy rivojlanişiga qarab 0,5 dan 2,0 gaça bölgan kamaytiruvçi
va oşiruvçi koeffitsiyentlar, «Şaharlar va şaharçalarning ma'muriy – çegaralarida joylaşgan konlar va karerlar band etgan yerlar uçun soliq.
Stavkalariga 0,1 koeffitsiyentini qöllagan
holda tölaydi.
*Soliq kodekslaridan olingan ma'lumotlar
– Foyda soliği ham pasaytirilmoqda, umumiy hisobda narxda qanday özgariş böladi?
– Boşqa sohalarda foyda soliği 15 foiz, sement işlab çiqaruvçilarda esa 20 foiz. 1 oktyabrdan boşqa sohalar kabi stavka 15 foizga tenglaştirilyapti. Demak 1 oktyabrdan foyda soliği 5 foizga kamayadigan bölsa, bu sement narxiga 5-10 ming söm atrofida ta'sir qilişi mumkin. Foyda soliğining 1 oktyabrdan 15 foizga tuşirilişi oqibatida 5-10 ming söm arzonlaşadi, unga qöşimça ravişda 2022 yil 1 yanvardan yer qa'ridan foydalanganlik uçun soliq pasayişi hisobiga 22 ming söm sement tannarxi arzonlaşadi.Umumiy olganda bir tonna sement narxi 30 ming sömgaça arzonlaşi kutilmoqda.
– Içki bozorda işlab çiqariş talabni töliq qoplaydimi, kelgusida nimalar özgaradi?
– Har yili sement işlab çiqariş va iste'mol qiliş balansi böyiça Vazirlar Mahkamasi farmoni qabul qilinadi. 2021 yilda sement işlab çiqariş va iste'mol qiliş balansi VMning 14-martdagi farmoyişiga köra, sementga bölgan içki talab 16 mln 100 ming tonnani taşkil qilişi prognozlaştirilgan. Tsement işlab çiqariş esa 16 mln 400 ming tonna deb taxmin qilingan, ya'ni içki talabga nisbatan 300 ming tonna köp mahsulot işlab çiqariş közda tutilgan. Hozirgi kunda respublikada 30 ta sement zavodi faoliyat yuritmoqda. Umumiy quvvati 21 mln tonna. Yil yakuniga qadar yana 3 mln tonna atrofida quvvat işga tuşirilişi kutilmoqda. Şundan keyin respublikaning sement işlab çiqariş loyihaviy quvvati 24 mln tonnaga yetadi. Bu yil 16,4 mln tonna işlab çiqariş belgilangan bölsa, dunyo böyiça örtaça aholi jon boşiga 540 kg sement işlab çiqarilişi körsatkiçi bor. Demak, aholi har yili 600-700 mingga köpaysa, bu 350 ming tonna atrofida içki talab oşib borişini anglatadi. Bu yil işlab çiqariş 16,1 mln tonnaga yetkazilsa, keyingi yil 16,5 tonna, undan keyingi yil 17 mln tonna va hokazo tarzda oşirib boriladi. Bundan kelib çiqadiki, işlab çiqariş içki talabni 100 foiz qoplaydi.
Talabga nisbatan taklif qançalik köp bölsa, raqobat muhiti kuçayadi. 2020 yil yakuni bilan respublikada 12 mln 500 ming tonna sement işlab çiqarilgan, talab esa 14,5 mln tonna bölgan. Korxonalarning işlab çiqariş quvvati yetmay, 2 mln tonna sement defitsit bölgan. 2021 yildan boşlab quvvat yetarli, içki talabni ortiği bilan qondirişga imkon bor. Bu korxonalar özaro raqobatlaşib mijozlarni jalb qiliş uçun sifat va narxga katta e'tibor berişlariga olib keladi.
– Tsement narxining arzonlaşi oqibatida quriliş narxi qançaga arzonlaşi mumkin? Umuman, qurilişda sementning uluşini qanday baholaymiz?
– 2020 yil yakuni bilan 90 trln söm atrofida quriliş işlari amalga oşirilgan. Quriliş materiallari işlab çiqariş sohasini olsak, 22 trln sömlik mahsulot işlab çiqarilgan, şuning deyarli 30 foizini sement taşkil qiladi. 25 foiz atrofida temir-beton buyumlari taşkil qiladi. Demak, qurilişda sementning uluşi bir metr kvadratda 5-10 foiz atrofida narxga ta'sir qiladi. Bir tonna sement narxi 30 ming söm (10 foiz)ga arzonlaşsa, qurilişda 1-2 foizga tannarx arzonlaşi mumkin. Bu unçalik sezarli ta'sir emas. Lekin quriliş aralaşmalari, temir beton buyumlari kabilar bilan birga taxminan 3-5 foizga arzonlaşi mumkin.
– Ötgan yil qiş mavsumida gaz yetişmovçiligi tufayli sement işlab çiqarişda muammolar yuzaga keldi va bu narxga ta'sir qildi. Bu yil ham şu holat kuzatilsa, bozorda qanday özgariş böladi?
– Taqqoslaydigan bölsak, 2020 yil yakunida korxonalarga tabiiy gaz yetkazib bermaslik oqibatida 1 mln 700 ming tonnaga yaqin sement işlab çiqarilmagan. Bu asosan yilning birinçi çoragiga töğri kelgan. 2021 yilning boşida esa korxonalar gaz yetişmovçiligi sababli 600 ming tonna işlab çiqara olmadi. Yil oxirida gaz ta'minotida muammo bölmasligi kerak deb kutyapmiz.
2019 yilgaça bölgan davrda qiş mavsumida köplab çakana savdo bilan şuğullanuvçi tadbirkorlar sement olib omborlarda saqlaydi. Yozda korxonalar tomonidan sement işlab çiqarilib, bozorlarga savdoga çiqarişlari bilan bir qatorda, tadbirkorlar omborlardagi sement ham sotuvga çiqarilgan va natijada narx arzonlaşiga katta ta'sir qilgan.
Eng katta salbiy ta'sir 2020 yilda kuzatildi, narx birjada 800-850 ming sömga borib qoldi. Bu yil narxdagi ta'sir 300 ming söm yoki 40 foizga kamaydi. Ötgan yil iyun-iyul oylarida örtaça narx 745 ming söm bölgan, bu yil 521 ming söm bölmoqda, bu birja narxlari 30 foizga arzonlaganini körsatadi. 2021-2024 yillarda jami loyihaviy quvvati 17 mln tonna bölgan korxonalar işga tuşirilişi kutilmoqda. Bugungi kunda 21 mln tonna quvvatga ega bölsak, 2024 yilga borib 38 mln tonnaga quvvat oşiriladi. Bu yanada raqobat kuçayib, narx arzonlaşi va sifat yaxşilanişiga sabab böladi.
– Yuqorida ötgan yillardagi defitsit haqida gapirdingiz, bu qanday omillar bilan izohlanadi?
– Ötgan yili 12,5 mln tonna sement işlab çiqarilgan. Bozorda 14,5 mln tonnalik talab bölgan, 2,5 mln tonna mahsulot çetdan import va 500 ming tonna çetga eksport qilingan. Joriy yilda ( yanvar-iyul) 1 mln 700 ming tonna sement import qilingan. Sekin-asta import miqdori kamayayotganini köriş mumkin. Içki işlab çiqarişda tannarx qimmatlaşişiga ta'sir qiluvçi asosiy omillardan biri deb soliqlar yukidir. Yana bir asosiy ta'sir qiluvçi omillar şuki, aksar korxonalarning marketing sistemasi yaxşi yölga qöyilmaganligi, mutaxassis kadrlar yetimovçiligi va boşqalardir. Mijozlar bilan töğridan töğri işlaş orqali korxonalar işlab çiqaradigan sement turlariga, sifatiga hamda narxiga katta e'tibor qaratadilar.
2019-2021 yillarda sement işlab çiqariş quvvati töğrisida ma'lumot
Muddat
Loyihaviy quvvat
2019 yil I çorak
11 mln 550 ming tonna
2020 yil I çorak
15 mln 100 ming tonna
2021 yil I çorak
16,7 mln tonna
2021 yilning şu davrida
21 mln tonna
Aholiga sifatli va yanada arzon sement maxsulotlarini yetkazib beriş maqsadida, tegişli vazirlik va idoralar bilan birgalikda tahliliy hamda amaliy işlar amalga oşirilmoqda. Jumladan:
Yilning kuz-qiş mavsumlarida korxonalarni yetarli hajmlarda tabiiy gaz hamda elektr energiyasi bilan öz vaqtida ta'minlaş. Bunda, 2020-2021 yilning kuz-qiş mavsumining ijobiy tajribasidan kelib çiqqan holda, tabiiy gaz ta'minotida taqçillik yuzaga kelganda, energiya samaradorlik me'yorlariga javob beradigan korxonalarga importdan tabiiy gaz yetkazib beriş amaliyotini doimiy joriy qiliş. Mahalliy işlab çiqarilgan va import qilingan sement sotilişida yagona va teng mexanizmni joriy etiş va boşqalar.