Adliya vazirligi xabariga köra, qaror bilan:
2021 yil 1 oktyabrdan sement (klinker) işlab çiqaruvçilar uçun foyda soliğining stavkasi 20 foizdan 15 foizgaça pasaytiriladi;
2022 yil 1 yanvardan sement işlab çiqarişga möljallangan 1 tonna ohaktoş uçun yer qa'ridan foydalanganlik uçun soliq stavkasi ikki baravar kamaytirilgan holda 22 500 söm miqdorda belgilanadi.
Avvalroq, ba'zi turdagi monopol tovarlarning xaridi faqat birja orqali amalga oşirilişi xabar berilgandi.
Xususan, 2022 yil 1 yanvarga qadar monopolist bölmagan va (yoki) ustav fondida davlat uluşi 50 foizdan kam bölgan yoki davlat uluşi mavjud bölmagan yuridik şaxslar tomonidan işlab çiqarilgan:
- sement – işlab çiqariş hajmining kamida 50 foizi;
- paxtadan olingan çigit, paxta moyi (jumladan, ekstraksiya paxta moyi) va qayta işlangan çigit çiqindilari (şrot, şeluxa) – işlab çiqariş hajmining 100 foizi birja savdolari orqali sotiladi.

















