Prezident yangi sement zavodlari qurishni taklif etayotgan mutasaddilarni tanqid qildi
Prezident mamlakatda sementga yillik ehtiyojni ortig‘i bilan qoplay oladigan ishlab chiqarish quvvatlari bor bo‘lgani holda, ekologiyaga zararli ta’sirni kamaytiruvchi texnologiyalarni joriy qilish o‘rniga mutasaddilar yana 22 ta sement zavodi qurish taklifini berayotgani ajablanarli ekani haqida gapirdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev 18 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda investitsiya sohasidagi ustuvor vazifalarni belgilab, yangi sement zavodlari qurishni taklif qilayotgan mutasaddilar haqida gapirdi.
«Mamlakatimizda sementga yillik ehtiyojni ortig‘i bilan qoplay oladigan ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushirilgan. Lekin mutasaddilar sementdan yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlarni ko‘paytirish, ekologiyaga zararli ta’sirni kamaytiruvchi texnologiyalarni joriy qilish o‘rniga yana 22 ta sement zavodi qurish taklifini berayotgani ajablanarli», degan prezident.
So‘nggi olti yilda sanoatga jalb qilingan investitsiyalar hajmi 7 barobar oshgan. Shunga qaramay, kompleks, tarmoq va hudud rahbarlarida har bir dollar investitsiya qancha ish o‘rni yaratgani, qo‘shilgan qiymat va eksport qanchaga oshgani borasida tahlil yetarli emasligi qayd etildi.
So‘nggi uch yilda chetdan 14,2 mlrd dollarlik asbob-uskunalar olib kelingan. Lekin, shuncha texnologiya kiritilayotgani bilan hududlarning sanoat eksporti shunga mutanosib oshmagan.
«Shuncha mablag‘ hisobiga sanoat va eksport o‘smayapti-mi, demak yo loyiha “shishirilgan”, yo keraksiz uskuna olib kelingan, yoki bu texnologiyalarni ishlatishni biladigan mutaxassis yo‘q», - dedi davlat rahbari.
Bosh prokuraturaga chetdan karra-karra qimmat narxda kirayotgan uskunalarni aniqlash va bunga chek qo‘yish bo‘yicha nazorat tizimini yaratish topshirildi.
- Bugungi kunda O‘zbekistonda 37 ta sement zavodi mavjud bo‘lib, ularning ishlab chiqarish quvvati 30 mln tonna atrofida. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakat korxonalari sementga bo‘lgan ichki talabning 92 foizini qoplaydi (2019 yilda bu ko‘rsatkich 79 foiz bo‘lgan).
- Bundan avvalroq sement ishlab chiqaruvchilar uchun yer qa’ridan foydalanganlik solig‘i miqdori reja qilingani kabi 2 baravar emas, 4 baravarga pasaytirilgandi. Aniqrog‘i, sement ishlab chiqarishga mo‘ljallangan ohaktosh bo‘yicha soliq stavkasi tonnasiga 22 500 so‘mdan 6 000 so‘mgacha pasaytirildi. Rasmiylar buni sement narxlarining keskin ko‘tarilishiga yo‘l qo‘ymaslik va mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadi bilan izohlayapti. Amalda esa oxirgi bir yilda birjada sement narxlarining ko‘tarilishi emas, aksincha, arzonlashishi kuzatilgan.
- Faollar sement zavodlarining nafaqat ekologiyaga, balki genofondga ham ta’sirini baholash va zudlik bilan chora ko‘rishga chaqirgan.
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Sumi uchun qasos»: Ukrainaning Shuya va Kurskka zarbalari haqida
Jahon | 09:06
-
40 mlrd so‘mlik kuchli ta’sir qiluvchi moddani olib kirmoqchi bo‘lganlar ushlandi
O‘zbekiston | 09:04
-
Tramp Ukraina bilan yerosti boyliklari bo‘yicha bitim imzolanishini e’lon qildi
Jahon | 08:40
-
Giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullanuvchi kanal reklamasini tarqatgan shaxs ushlandi
O‘zbekiston | 08:24
Mavzuga oid

12:07 / 11.04.2025
Turizm sohasida yangi vazifalar belgilandi. Avvalgi topshiriqlar ijrosi qoniqarlimi?

16:37 / 09.04.2025
Prezident zamonaviy turizm marshrutlarini tashkil etish bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi

15:48 / 09.04.2025
«Sayyohlar yo‘llar ahvolidan norozi» - mutasaddilarga «turizm halqasi»ga kirgan yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha ishlarni boshlash topshirildi

19:01 / 05.04.2025