O‘zbekiston | 14:58 / 25.11.2025
1996
2 daqiqa o‘qiladi

Oilaviy shajarani onlayn ko‘rish imkonini beruvchi tizim joriy etiladi

2026 yil 1 sentabrdan fuqarolarning oilaviy shajaralari bo‘yicha ma’lumotlarni onlayn taqdim etuvchi “Shajara” axborot tizimi ishga tushiriladi. Tizim orqali tarixiy arxivlar va DNK ma’lumotlariga tayangan holda oila shajarasini shakllantirish mumkin bo‘ladi.

Foto: greengeeks.com

Prezident farmoniga ko‘ra, 2026 yil 1 sentabrdan fuqarolarning oilaviy shajaralari bo‘yicha ma’lumotlarni onlayn taqdim etuvchi “Shajara” axborot tizimi joriy etiladi.

“Shajara” axborot tizimida quyidagi imkoniyatlar yaratiladi, jumladan:

“FHDYoning yagona elektron arxivi” axborot tizimidagi dastlabki ma’lumotlar, davlat arxivlari hamda idoraviy arxivlarda saqlanayotgan arxiv hujjatlari asosida oila shajarasi bo‘yicha ma’lumotlarni shakllantirish xizmatini ko‘rsatish;
X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining DNK ma’lumotlari xizmati orqali fuqarolarning etnik kelib chiqishi haqidagi ma’lumotlarni aniqlash.

Oila shajarasini shakllantirish xizmati davlat xizmatlari markazlari hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali quyidagi davrlar bo‘yicha ko‘rsatiladi:

  • IX asrdan – 1917 yilgacha;
  • 1918 yildan – 1945 yilgacha;
  • 1946 yildan – hozirgi kunga qadar.

Mazkur tashabbus fuqarolarga o‘z avlodlari tarixini chuqurroq o‘rganish, oilaviy shajarasini tartibli va ishonchi yuqori manbalar asosida shakllantirish imkoniyatini yaratadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid