12:02 / 01.10.2021
5821

Olim Xasanov xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan xayriya dasturi g‘oliblari ma'lum bo‘ldi

AAT Group kompaniyasi Olim tomonidan Xasanov xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan, O‘zbekistondagi iqtidorli yoshlarning munosib ta'lim olishlariga qaratilgan xayriya dasturi tanlovi o‘z nihoyasiga yetdi. Joriy yilda tanlov O‘zbekistonda faoliyatini o‘tayotgan oliy ta'lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazildi va g‘oliblar uchun eng asosiy mukofot – OTMda tahsilning qolgan barcha yili uchun  shartnoma to‘lovini to‘lagan holda individual moliyaviy ko‘makni qo‘lga kiritishdir (ishtirok etish shartlari bo‘yicha batafsil bu yerda).

Tanlovning birinchi bosqichiga arizalarni qabul qilish 2021 yilning 31 avgustiga qadar  ochiq bo‘ldi. Barcha ariza topshirgan ishtirokchilar orasida mamlakatning 8 hududidan 30 ta talaba tanlab olindi va ikkinchi bosqichga yo‘llanma berildi.

Ikkinchi bosqich – intellektual testdan o‘tish natijalari ayrim ishtirokchilar o‘rtasida ozgina farq ko‘rsatgani bois uchinchi bosqichga avval e'lon qilinganidek 15 kishi emas, balki 19 talaba o‘tishga muvaffaq bo‘ldi.  

Tanlovning uchinchi bosqichi – og‘zaki intervyuni kompaniyaning bosh idorasida o‘tkazishga qaror qilindi. 25 sentabr kuni barcha final ishtirokchilari Olim Xasanov xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan xayriya dasturining tanlov komissiyasi a'zolari bilan uchrashish uchun Samarqand shahriga taklif etildi.

Tanlov shartiga ko‘ra, komissiya dasturi g‘olibi sifatida besh nafar talabani tanlashi kerak edi. Har bir nomzod iqtidorli va iste'dodli bo‘lganligi sababli ham bu juda ham qiyin vazifaga aylandi. Komissiya a'zolari uchun tanlash jarayoni juda murakkab kechdi va ular «yordamga ko‘proq muhtoj bo‘lganlarga ko‘maklashish» tamoyiliga amal qilishdi. Shu sababli, joriy yilda moliyaviy ko‘mak ko‘proq ahamiyatga ega bo‘lganlarni taqdirlashga qaror qilindi.

Tanlov g‘oliblari bilan tanishing:

1. Boysariyev Shuhrat (TDIU 2-bosqich talabasi, Guliston sh.);

2. Ibrohimova Rayxon (TDYuU 2-bosqich talabasi, Toshkent sh.);

3. Alibekov Amirxon ( M.V.Lomonosov nomidagi MDU filiali 1-bosqich talabasi, Toshkent sh.);

4. Azimov Adiz (BDTI 1-bosqich talabasi, Buxoro sh.);

5. Sayitqulova Sabrina (TDIU 2-bosqich talabasi, Toshkent sh.);

6. Ergashova Dilnoza (NDPI 2 bosqich talabasi, Navoiy sh.)

Olim Xasanov xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan xayriya dasturi tanlov komissiyasi barcha nomzodlarga murojaat qiladi:

«Sizlarga ishtirokingiz va ushbu dasturga bo‘lgan ishonchingiz uchun minnatdorchiligimizni bildiramiz. Har biringiz juda iqtidorlisiz va ushbu grantni sohibi bo‘lishga munosibsiz. Va har biringiz g‘olibsiz, sababi siz eng yaxshilar ichidan saralab olinganlar qatoridasiz. Umid qilamizki, mazkur dasturda ishtirok etish barchangizning hayotingizni yaxshi tomonga o‘zgartira oldi va biz bunda sizlarga yordam berishda davom etamiz.

Sizlarga o‘zingiz uchun yuqori bo‘lgan maqsadlarni qo‘yishingizni tilab qolamiz, sababi badavlat insonga aylanish – bu hayotda eng muhim bo‘lgan narsa emas. Olim Xasanovni bilgan har bir inson uning O‘zbekiston barcha yashash, o‘qish va ishlashni orzu qiladigan maskanga aylanishi uchun nafaqat jamiyatimiz, balki butun mamlakatimiz hayotini yanada yaxshilashga bo‘lgan intilishlarini qayd etadi. Har biringizda uchrashuvimizdan so‘ng, Olim Xasanovning bir bo‘lagi yashashini va orzular qilishingizni tilab qolamiz. Biz esa orzularni amalga oshirishda ko‘maklashishga tayyormiz».

Reklama huquqi asosida

Top