Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ikkita “Kobalt”ga yashirilgan 516 million so‘mlik dorilar to‘xtatib qolindi
Namangan viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari hamda DXX xodimlari bilan hamkorlikda Yangiqo‘rg‘on tumanida harakatlangan fuqaro T.B. boshqaruvidagi “Kobalt” avtomashinasi to‘xtatib belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilgan.
Natijada mashinada tegishli hujjatlari bo‘lmagan, xorijda ishlab chiqarilgan, sifati kafolatlanmagan 11 turdagi 5997 quti dori vositalari borligi aniqlangan.
Tadbir davom T.B.ga tegishli yana bir “Kobalt” avtomashinasi Yangiqo‘rg‘on tumani Qizilyozi mahallasi hududida ko‘zdan kechirilgan. Avtomashina salonidan xorijda ishlab chiqarilgan hech qanday hujjatlari bo‘lmagan 18 turdagi 4922 quti dorilar borligi aniqlangan.
Tezkor tadbir davomida fuqaro T.B.ga tegishli bo‘lgan jami 516 mln so‘mlik tibbiyot dori vositalari ashyoviy dalil sifatida vaqtincha saqlovga olingan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
11:10 / 16.01.2026
Namanganda tezkor tadbirlarda qariyb 21 kg “gashish” muomaladan olindi
08:57 / 15.01.2026
1 trln 145 mlrd so‘mlik tovarlar noqonuniy muomaladan chiqarildi
08:31 / 15.01.2026
Toshkentda kuchli dorilar noqonuniy muomalasiga oid holatlar aniqlandi
08:40 / 10.01.2026