O‘zbekiston | 10:23 / 05.10.2021
2957
1 daqiqa o‘qiladi

Xorijiy mutaxassislarni davlat tibbiyot muassasalariga jalb etishda yangicha tartib o‘rnatiladi

Prezident “Xirurgiya xizmatini transformatsiya qilish, hududlarda jarrohlik amaliyotlari sifatini oshirish va ko‘lamini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Foto: The Kiev Times

Shunday tartib o‘rnatiladiki, unga muvofiq xorijiy mutaxassislarni davlat tibbiyot muassasalariga jalb etishda xorijiy mutaxassislarning mehnatiga haq to‘lash shartnomada kelishilgan shartlarga muvofiq amalga oshiriladi.

Shuningdek, xorijiy mutaxassislar uchun ikki tomonga aviachiptalarni sotib olish xarajatlari (uzoq muddatli mehnat shartnomalari tuzilganda bir yilda ikki martadan oshmagan holda) hamda respublika mehmonxonalarida yashash xarajatlari tegishli davlat tibbiyot muassasasi tomonidan milliy valutada to‘lanadi.

Bundan tashqari, xorijiy mutaxassislarni jalb etish va moddiy ta'minoti bo‘yicha xarajatlarni moliyalashtirish manbai bo‘lib Sog‘liqni saqlash vazirligining Iqtidorli va malakali tibbiyot mutaxassislarini qo‘llab-quvvatlash hamda tibbiyot muassasalariga jalb qilish jamg‘armasi mablag‘lari, tegishli davlat tibbiyot muassasasining budjetdan tashqari mablag‘lari, xalqaro moliya va boshqa tashkilotlar, xorijiy hukumat tashkilotlarining grantlari, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisoblanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid