22:07 / 08.10.2021
71180

Afg‘onistonda yana terakt, suv ustidagi restoran va qabristondagi futbol. Kun suratlari

Kun.uz dunyoning turli chekkalaridagi so‘nggi voqealarga oid suratlarni jamladi.

Afg‘oniston shimolidagi Qunduz viloyatida shialar masjidida kuchli portlash yuz berishi oqibatida 100ga yaqin kishi halok bo‘lib, 300ga yaqin kishi jarohatlandi. Toliblar terrorchi xudkush tomonidan uyushtirilgan bu hujumda IShID guruhi vakillarini ayblab chiqishdi.

Toliblar har kuni ushbu guruh yetakchilari hamda a'zolari o‘ldirilayotgani va hibsga olinayotgani haqida xabar berayotgan bo‘lishsa-da, mamlakatda hujumlar va tahdidlar to‘xtab qolayotgani yo‘q.

Masjidga juma namozi vaqtida hujum qilingan.
Foto: AP/TASS
Kobuldagi beton to‘siqlar orasida o‘tirgan najotsiz afg‘on qiz. REUTERS/Jorge Silva
Kaliforniyaning Korona-del-Mar plyajida maxsus xodimlar Tinch okeaniga to‘kilib ketgan 3000 barreldan ortiq neftning qirg‘oqqa chiqib qolgan qotishmalarini yig‘ishtirmoqda. REUTERS/David Swanson
Somalilik bolalar Mogadishodagi politsiya maktabi qabristonida futbol o‘ynashmoqda. REUTERS/Feisal Omar
G‘arbiy sohildagi oilalar ko‘chirilishiga qarshi namoyish vaqtida isroillik harbiylar bilan to‘qnashuvda palahmondan foydalanayotgan falastinlik. REUTERS/Mohamad Torokman
Fransiyalik tadbirkor va «Marsel» klubining sobiq rahbari, marhum Bernar Tapining tobuti «Velodrom» stadionidagi dafn marosimida klub bayrog‘iga o‘raldi. REUTERS/Eric Gaillard
Syudad-Xuares shahrida Meksika armiyasi tomonidan tashkillashtirilgan ko‘rgazma chog‘ida bolakayga harbiy shapkasini kiydirayotgan meksikalik askar. REUTERS/Jose Luis Gonzalez
Avstriya kansleri Sebastyan Kurs qiyofasidagi namoyishchi Venadagi Avstriya xalq partiyasi ofisi oldida qamoqxona libosida qo‘liga kishan taqqan holda piket uyushtirmoqda. Kurs yaqinda korrupsiya mojarosiga aralashib qolgandi. REUTERS/Lisi Niesner
AQSh prezidenti Jo Bayden Chikagodagi O'Hara xalqaro aeroportida fotosuratchiga jyest qilmoqda. REUTERS/Evelyn Hockstein
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Yangi Afrika-Fransiya sammiti doirasida Monpeleda o‘tkazilgan basketbol uchrashuvi vaqtida
Foto: EPA/Vostock-photo
Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti laureati Dmitriy Muratov Moskvadagi press-brifing chog‘ida.
Foto: AP/TASS
Hindiston harbiy-havo kuchlarining sharafiga o‘tkazilgan harbiy parad chog‘ida. REUTERS/Anushree Fadnavis
Tailanddagi restoran mijozlarga yangicha xizmat taklif etdi - mijozlar suv ustiga o‘rnatilgan yog‘och stollarda ovqatlanishadi.
AFP/Lillian SUWANRUMPHA
Bangkokdagi vegetarianlar festivali
AFP / Jack Taylor
Meksikada o‘stirilayotgan gulijavharlar
Foto: Zuma/TASS
San-Pauluda koronavirus qurbonlari uchun memorial ochildi. Braziliyada ushbu kasallikdan vafot etganlar soni 600 mingga yetgan.
Foto: AR/TASS
Turkiyaning Bitlis shahrida quyosh botishi
Foto: Ismail Kaplan/Anadolu Agency via Getty Images
Top