10:00 / 09.10.2021
6164

Sog‘liqni saqlash sohasini raqamlashtirish strategiyasi ishlab chiqildi

Prezidentning “Sog‘liqni saqlash sohasini raqamlashtirishning 2021–2025 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni loyihasi e'lon qilindi.

Foto: Kun.uz

Xorijiy ekspertlar bilan hamkorlikda rivojlangan davlatlarning ilg‘or tajribalarini o‘rganib, tahlil qilgan holda O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish strategiyasi ishlab chiqilgan.

Quyidagilar:

  • a) Sog‘liqni saqlash sohasini raqamlashtirishning 2021–2025 yillarga mo‘ljallangan strategiyasi (E-Health-2025) quyidagilarni nazarda tutgan holda:
  • elektron sog‘liqni saqlash tizimi normativ-huquqiy bazasini optimallashtirish;
  • sog‘liqni saqlashning axborot tizimi Yagona platformasining arxitekturasi, axborot tizimlarga ma'lumot uzatishning minimal talablari, tibbiy ma'lumot almashinuvi milliy standartlarini hamda klinik ma'lumotlar bazasi xavfsizligi standartlarini ishlab chiqish va tatbiq etish;
  • Yagona platformani ishlab chiqish hamda uning davlat va nodavlat tibbiyot muassasalari axborot tizimlari bilan integratsiyalashuvini ta'minlash;
  • birlamchi tizimda bemorlarni oilaviy shifokorlarga biriktirish va qayta biriktirish, qabulga yozish imkoniyatlarini beruvchi Tibbiyot axborot tizimini yaratish;
  • “Davlat tibbiy sug‘urta jamg‘armasi” axborot tizimini ishlab chiqish;
  • “Diagnostik tasvirlar almashinuvi va teleradiologiya (e-emaging)” milliy axborot tizimini yaratish;
  • “Diagnostik tasvirlar arxivi tizimi”ni tibbiyot muassasalarida joriy qilish;
  • “Idoralararo telemeditsina” xizmatlarini rivojlantirish;
  • hududlarda “103” tez tibbiy yordam boshqaruv markazining yagona tizimini joriy qilish;
  • “Farmatsevtika mahsulotlarini hisobga olish va nazorat qilish” axborot tizimini yaratish;
  • tibbiyot muassasalari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlari uchun “Tibbiy axborot tizimini” yaratish;
  • “Laboratoriya” axborot tizimini yo‘lga qo‘yish;
  • tibbiyot xodimlari kasbiy salohiyati va malakasini oshirishga mo‘ljallangan “Elektron ta'lim” platformasini yaratish;
  • davlat sog‘liqni saqlash muassasalari uchun standartlashtirilgan “Muassasa resurslarini rejalashtirish tizimi (ERP)”ni joriy qilish;
  • “Elektron retsept” axborot tizimini yaratish;
  • “Elektron yo‘llanma” axborot tizimini yaratish va bu orqali order berish tizimini bekor qilish;
  • ona va bola salomatligi pasportining elektron tizimini yaratish;
  • bemorlarga mobil ilova va internet tizimi orqali maslahat berish uchun virtual yordamchi (chatbot xizmatlari)ni joriy qilish;
  • tibbiyot sohasida statistik ma'lumotlarini yig‘ish, tahlil qilish va saqlash, ularning hisob va hisobotini yuritish;
  • sog‘liqni saqlash milliy hisobvaraqlari yuritish yagona elektron tizimini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish;
  • b) Sog‘liqni saqlash sohasini raqamlashtirishning 2021–2025 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini (Ye-Health-2025) amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlanadi.

Quyidagilar Strategiyani amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilanadi:

  • elektron sog‘liqni saqlash tizimini boshqarish va yetakchilikni rivojlantirish;
  • axborot tizimlari, resurslar va sog‘liqni saqlash milliy ma'lumotlar bazalarini yaratish, rivojlantirish va kuzatib borish bo‘yicha yagona siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • tibbiyot muassasalarida IT infratuzilmani (optik tolali internet, ichki lokal tarmoq, kompyuter va axborot texnikalari)ni rivojlantirish, PACS serverlar xarid qilish va o‘rnatish hamda mamlakatning markazlashgan ma'lumotlarni qayta ishlash markazi resurslaridan foydalanishni yo‘lga qo‘yish;
  • axborot xavfsizligi talablariga rioya qilinishini nazorat qilish va monitoringini olib borish, axborot tizimlari, resurslari va ma'lumotlar bazalarini muhofaza qilish bo‘yicha texnik infratuzilmani tatbiq etish va rivojlantirish;
  • “elektron sog‘liqni saqlash” tizimining normativ-huquqiy bazasini ishlab chiqish, integratsiyalashgan axborot tizimlari kompleksini ishlab chiqish, joriy etish va kuzatib borish;
  • tibbiyot tashkilotlarida axborot tizimlari, ilg‘or axborot texnologiyalari va dasturiy mahsulotlarini ishlab chiqish va kuzatib borishga ko‘maklashish;
  • aniq ma'lumotlarga asoslangan holda qarorlar qabul qilish uchun tibbiyot muassasalarining imkoniyatlarini kengaytirish;
  • vazirlikning axborot tizimlari, resurs va ma'lumotlar bazasini rivojlantirish, standartlashtirilgan axborot almashuvi tizimlarini yo‘lga qo‘yish orqali ularning boshqa davlat organlari axborot tizimlari bilan integratsiyasini ta'minlash;
  • vazirlik xodimlarining axborot tizimlari, resurs va ma'lumotlar bazasidan foydalanish, axborot xavfsizligini ta'minlash sohasidagi salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
  • camarali elektron tibbiy xizmatlar ko‘rsatish orqali shifokor va bemorlarning tibbiy salohiyatini oshirish.
Top