O‘zbekiston | 15:47 / 11.10.2021
19834
1 daqiqa o‘qiladi

«Nega Qashqadaryoning hamma tadbirkorlari Toshkentda, nima xalaqit beradi qaytishga?» – Shavkat Mirziyoyev

Qashqadaryodagi saylovchilar bilan uchrashuvda mahalliy tadbirkorlardan biri viloyatdagi ishbilarmonlar nomidan so‘zga chiqdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Foto: Milliy mass-media fondi

Qayd etilishicha, tadbirkorning so‘zlarini eshitgan Shavkat Mirziyoyev shunday savol bilan yuzlandi:

“Qashqadaryo biznesmenlarining 70 foizi Toshkentda. O‘zi ham, ofisi ham, pullari ham poytaxtda. Albatta, erkinlik, ular ham o‘zlari istagan joyda ishlashadi. Oldin Qashqadaryoda har xil tashkilotlar bor edi, tadbirkorlarga kun bermasdi. Hozir ularning hammasini jilovladik-ku, endi qashqadaryoliklar qaytishiga nima xalaqit beryapti?”

Bunga javoban tadbirkor:

“Oldin bizda qator muammolar bor edi, bir sutkada 24 soat bo‘lsa, 23,5 soatlab svet bo‘lmagan paytlari bo‘lgan. Olgan buyurtmalarimizni bajara olmay xijolat bo‘lardik. Siz bu muammolarimizning anchasini yechib berdingiz”, – dedi.

Аброр Зоҳидов
Tayyorlagan Аброр Зоҳидов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid