Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident: Qashqadaryoda tabiiy boyliklar ko‘p bo‘lishiga qaramasdan aholi sharoiti nisbatan pastligicha qolmoqda
Qashqadaryo viloyatida tabiiy boyliklar, yer resurslari ko‘p bo‘lishiga qaramasdan, bu yetarlicha natija bergani yo‘q, aholining yashash sharoitlari respublikaning boshqa hududlariga nisbatan pastligicha qolmoqda. Bu haqda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev ma'lum qildi.
“Qashqadaryo to‘g‘risida o‘ylaganimda, bugungi sizlar bilan uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rganimda, meni eng ko‘p qiynagan, bezovta qilayotgan masala – bu hudud aholisiga munosib hayot, to‘kin dasturxon va doimiy daromad manbalarini ta'minlab berish.
Afsuski, viloyatda tabiiy boyliklar, yer resurslari ko‘p bo‘lishiga qaramasdan, bu yetarlicha natija bergani yo‘q, aholining yashash sharoitlari respublikaning boshqa hududlariga nisbatan pastligicha qolmoqda.
Bu muammolarga yechim topishda davlat idoralari, mutasaddi rahbarlar tomonidan haligacha tizimli ish olib borilayotgani yo‘q. Viloyatda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish bo‘yicha muhit to‘liq shakllanmagan.
Shu bois, bugungi kunda viloyatda 150 mingdan ziyod aholi ishsiz. Kelgusi besh yilda 280 mingga yaqin yoshlar mehnat bozoriga kirib kelishi ham ish o‘rinlariga ehtiyojni oshiradi.
Shuning uchun, bugun sizlar bilan kelgusida Qashqadaryo viloyati rivojiga kuchli turtki berish, bu yerda yashayotgan aholiga munosib ish o‘rinlari va turmush sharoitini yaratib berish bo‘yicha eng muhim vazifalar haqida fikrlashib olsak, o‘ylaymanki, maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Shu maqsadda tayyorlangan besh yillik dasturimizning eng asosiy maqsadi 400 mingta ish o‘rni yaratishga qaratiladi. Bu borada, eng avvalo, tadbirkorlik muhitini shakllantirish va biznesni qo‘llab-quvvatlash kerak. Buning uchun, yirik korxonalar infratuzilmasi va salohiyatidan samarali foydalanishimiz shart”, dedi prezidentlikka nomzod.
Mavzuga oid
22:01 / 13.06.2026
Qashqadaryoda qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olish holatlari fosh etildi
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
08:29 / 26.05.2026