Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda suv toshqinlari sababli bir yarim milliondan ziyod kishi boshqa joyga ko‘chirildi
Shansi provinsiyasi favqulodda vaziyatlar boshqarmasining ma'lumotiga ko‘ra, 17 mingdan ortiq uy vayron bo‘lgan, 190 ming gektar qishloq xo‘jalik yerlariga zarar yetgan.
Foto: chinadaily.com.cn
Xitoy shimolidagi Shansi provinsiyasi hukumati tinimsiz yomg‘irlar ortidan yuz bergan suv toshqinlari sababli 1,76 milliondan ziyod kishini boshqa joyga ko‘chirdi, deb xabar berdi China Daily.
Xitoy tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish milliy komissiyasi va favqulodda vaziyatlar vazirligi Shansi va Shensi provinsiyalaridagi holat bo‘yicha maxsus reja ishlab chiqdi.
Xabar qilinishicha, Shansi provinsiyasining 76 uyezdida 1,75 million kishi tabiiy ofatdan jabr ko‘rgan.
Provinsiya favqulodda vaziyatlar boshqarmasining ma'lumotiga ko‘ra, 17 mingdan ortiq uy vayron bo‘lgan, 190 ming gektar qishloq xo‘jalik yerlariga zarar etgan.
Shuningdek, 372ta shaxta, 14ta kimyo korxonasi va mingdan ortiq qurilish obektlarida ish to‘xtatilgan.
Mavzuga oid
07:42 / 02.10.2025
Mashinistning chorak asr oralig‘ida olingan surati Xitoy temiryo‘llaridagi o‘zgarishni ko‘rsatdi
22:45 / 29.09.2025
Xitoyda dunyodagi eng baland ko‘prik ochildi
19:20 / 27.09.2025
Xitoy raqamli yuanni xalqaro maydonga olib chiqmoqda – bu orqali dollarga qaramlikni kamaytirmoqchi
16:49 / 25.09.2025