O‘zbekiston | 12:10 / 13.10.2021
1454
2 daqiqa o‘qiladi

Navoiyda 600dan ortiq chang tozalash uskunalari o‘rnatiladi 

Navoiyning og‘ir iqlim sharoitida ishlab kelayotgan odamlar salomatligini asrash maqsadida, viloyatda “yashil hududlar”ni ko‘paytirish ishlari izchil davom ettiriladi. Bu haqda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyati saylovchilari bilan uchrashuvida aytib o‘tdi.

Foto: Milliy mass-media fondi

“Barcha shahar va tumanlar markazida jami 500 gektar yashil maydonlar va jamoat parklari tashkil etiladi. Uchquduq tumani, Navoiy va Zarafshon shaharlarida har yili kamida 100 ming tupdan mevali va manzarali daraxtlar ekiladi hamda “yashil belbog‘” yaratiladi. Konimex, Tomdi va Uchquduqda jami 100 ming gektar maydonda “yashil qoplamalar” barpo qilinadi. 

Shu bilan birga, Tomdida 55 ming gektar maydonda “Oqtog‘” va Uchquduqda 1,2 million gektar maydonda “Markaziy Qizilqum” qo‘riqxonalari tashkil etiladi. Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida ekologik barqarorlikni saqlash keyingi besh yillikda ustuvor vazifalarimizdan biri bo‘lib qoladi. Mazkur ko‘llar tizimida yillik suv yo‘qotish 3 milliard kub metrni tashkil etib, suv sathi 2,5 metrgacha pasayib ketgan, suvdagi tuzlar miqdori 2 barobar oshgan. Shuningdek, 800 gektargacha bo‘lgan qirg‘oq bo‘ylarida ixotazorlar tashkil etiladi.

Sanoat korxonalarining atmosfera havosiga zararli ta'sirini kamaytirish maqsadida alohida dastur qabul qilib, amalga oshiramiz. Bunda, 600 dan ortiq chang tozalash uskunalari o‘rnatiladi va modernizatsiya qilinadi. Bu orqali havoga chiqindilar 25 foizga kamaytiriladi”, dedi prezidentlikka nomzod.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid