Jamiyat | 12:51 / 13.10.2021
1876
2 daqiqa o‘qiladi

Sirdaryo viloyatiga noqonuniy yo‘l bilan olib kirilayotgan ko‘z linzalari va tamaki mahsulotlari aniqlandi

Sirdaryo viloyati hududiga chegara orqali noqonuniy ravishda olib kirilayotgan qiymati 500 million so‘mdan ortiq bo‘lgan ko‘z linzalari va tamaki mahsulotlari aniqlandi. Bu haqda viloyat bojxona boshqarmasi Kun.uz’ga ma'lum qildi.

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan 9252-harbiy qism bilan hamkorlikda oldindan olingan tezkor ma'lumotlarga asosan, Sirdaryo tumani “Sholikor” SIUning Qozog‘iston Respublikasi bilan chegaradosh bo‘lgan hududida tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanuviga qarshi kurashish borasida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tezkor tadbir davomida, O‘zbekiston fuqarolari A.J. va U.F. oldindan o‘zaro til biriktirib, Sirdaryo daryosi orqali Qozog‘istondan O‘zbekistonga rezina qayiq yordamida bojxona nazoratini chetlab olib o‘tgan jami 6 dona qog‘oz korobka borligi aniqlandi.

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Ushbu tovarlar yuk egalari hamda xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilib sanoqdan o‘tkazilganda, xorijda ishlab chiqarilgan, tasdiqlovchi hech qanday hujjatlari bo‘lmagan va sifati kafolatlanmagan 5 turdan iborat, dastlabki qiymati 523 million 290 ming so‘mlik bo‘lgan 1430 quti filtrli tamaki mahsulotlari (sigaretalar) hamda 4540 dona ko‘z uchun linzalar va linza uchun g‘iloflar borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid