20 -oktabr kuni O‘zbekiston Prezidenti saylovlari bilan bog‘liq siyosiy tadbirlar bilan bir qatorda, madaniy tadbirlarni jamlash uchun samarali platforma sifatida xizmat qilayotgan Xalqaro media hollda ““Ipak yo‘li dudonasi” XIII Toshkent xalqaro kinofestivali natijalari” nomli konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar vakillari, O‘zbekiston va xorijiy davlatlarning yetakchi kino mutaxassislari, OAV vakillari va yoshlar ishtirok etishdi.

Uchrashuvni O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari Aziz Abduhakimov, Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov, Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchisi Yoshinori Fudjiyamu ochib berishdi.
"Ta'kidlab o‘tish lozimki, davlat rahbari tashabbusi bilan qayta tiklangan kinofestivalning muvaffaqiyatli o‘tkazilishi ko‘plab mutaxassislar va tashkilotlarning xizmatidir, - deb ta'kidladi Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov. - Toshkent xalqaro kinofestivali mamlakat kino sanoati rivojiga davlat va qator tashkilotlar tomonidan amalga oshirilgan keng ko‘lamli sarmoya sifatida xizmat qiladi. Mazkur kinofestivalni o‘tkazishda faol qatnashgan mutaxassislarga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomidan faxriy yorliqlar topshirishga qaror qilindi. Ayniqsa, kinofestivalni tayyorlash va o‘tkazishda o‘z hissasini qo‘shgan xorijlik hamkasblarimizning xizmatlarini alohida ta'kidlashni istardim ", - deya ta'kidladi Aziz Abduhakimov.

O‘zbekiston Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov yig‘ilishning barcha ishtirokchilariga va kinofestivalni tayyorlashda faol ishtirok etgan barchaga minnatdorchilik bildirdi.
“Hozirda o‘zbek kinematografiyasi yanada rivojlanmoqda. O‘zbekistonning rivojlanish strategiyasi tufayli so‘nggi besh yilda kino sanoati ulkan yutuqlarga erishayotganini guvohi bo‘lmoqdamiz. Bu kabi fikrlar dunyoning yetakchi kino ekspertlariga tegishli. Shuningdek, kino sohasining rivojiga misol sifatida, kapital rekonstruksiya qilingan «O‘zbekfilm» binosining taqdimotini, 28 million AQSh dollari qiymatidagi yangi texnik jihozlarining keltirilishini, yangi Kino uyi, Kino muzeyi, oltita kinoteatr, Kino fondining yangi binosi va VGIK filialining ochilishini, milliy filmlarning ilk premeralarini, milliy kinematografiya durdonalarining xorijiy mamlakatlardvn qaytarilishini, o‘nlab mahorat darslari va uchrashuvlarni, jahon kino yulduzlarining taqdimotlari va tadbirlarini ko‘rsatib o‘tishimiz mumkin. Bu kino sanoatida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni tasdiqlaydigan voqealarning to‘liq ro‘yxati emas. Amalga oshirilayotgan islohotlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ulkan qo‘llab -quvvatlashining yorqin natijasidir”, - deb ta'kidladi Kinematografiya agentligi bosh direktori.


















