Bugun O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi tomonidan Kinochilar uyida an’anaviy “Oltin Humo” milliy kinomukofotining tantanali marosimi bo‘lib o‘tdi. Avval kinoyulduzlar va ijodkorlar an’naviy qizil yo‘lakchadan o‘tishdi.
Tadbir boshida kino sohasida yil davomida amalga oshirilgan ishlar aks etgan maxsus videorolik taqdim etildi. So‘ngra, bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov, Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov, O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi raisi Matyoqub Matchonov so‘zga chiqishdi. Barchani bayram shukuhi bilan muborakbod etishdi.


Tadbir davomida o‘tganlar yod etilib, ularning xotirasiga hurmat bajo keltirildi. O‘zbek kinosining darg‘alari tadbir davomida yana bir bor eslanib, so‘ngra tadbir davomida MDH davlatlaridan tashrif buyurgan mehmonlar tanishtirildi.

Tadbir davomida O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirov kinodagi faoliyatini yodga olib, “Temir xotin” filmidagi saundtreki bilan mehmonlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Shuningdek, Madaniyat vaziri, O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov “San’atdan baxtini topganlar” nomli qo‘shig‘ini ijro etdi.
“Oltin Humo” milliy kinotaqdimoti quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘z egalariga topshirildi:
- Eng yaxshi hujjatli film: “Xalq jasorati”, rejissyor Ali Hamroyev;
- Eng yaxshi animatsion film: “Avtosarguzashtlar 4”, rejissyor Abdulatif Haydarov;
- Eng yaxshi kompyuter grafikasi: “Ibrat” filmi uchun Dilshod Latifxo‘jayev;
- Eng yaxshi kino bastakori: “Rangsiz tushlar” filmi uchun Ubaydulla Karimov;
















