09:00 / 22.10.2021
8660

“YeLITE elektronics”: 30 mln dollarlik loyiha va minglab ish o‘rni

Samarqand shahrida “YeLITE elektronics” zavodining ochilish marosimi o‘tkazildi. Tadbirda viloyat hokimi Erkinjon Turdimov hamda viloyat jamoatchiligi ishtirok etdi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu zavod sobiq «Sino» zavodining o‘rnida, yangi loyiha asosida ishga tushirildi.

Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz

Hozircha “YeLITE elektronics” zavodida uch turdagi muzlatkich va vitrinalar ishlab chiqarilmoqda. Kelgusida 15 turdan ortiq maishiy texnikalar ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan.

Mahalliy investor Xurshid To‘rayev “YeLITE elektronics” zavodi ishga tushirilishining dastlabki bosqichida yuz kishi ish bilan ta'minlanganini ma'lum qildi.

Foto: Kun.uz

“Bir yil avval o‘tkazilgan tenderda xitoylik hamkorlarimiz bilan birgalikda “Sino” zavodi o‘rnida yangi zavod barpo qilish loyihasini qo‘lga kiritdik. Loyiha quvvati jami 30 million AQSh dollarni tashkil qildi. Ushbu mablag‘ning yarmi xorijlik hamkorlarimiz tomonidan yo‘naltirildi. Zavodda hozircha yuz kishi ishlayotgan bo‘lsa, kelgusi ikki yil ichida ishchilar soni ming nafarga yetkaziladi. Umuman olganda, eski “Sino” zavodining faoliyatini o‘zgartirmadik, zavodda yana maishiy texnikalar ishlab chiqarilmoqda.

Mahsulotlarimizni nafaqat ichki, balki tashqi bozorga chiqarishga alohida e'tibor beryapmiz. Zavodimiz to‘la quvvatda ishlay boshlagach, yiliga 5-7 million AQSh dollar eksport qilish imkoniyatiga ega bo‘lamiz” deydi Xurshid To‘rayev.

Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz

Ma'lum bo‘lishicha, “YeLITE elektronics” zavodiga sobiq “Sino” zavodining ishchilari ham jalb qilingan. Masalan, Alibek Toshbekov “Sino” zavodida ishlagan va zavod bankrot deb e'lon qilingach, ma'lum vaqt boshqa yo‘nalishda ishlab kelgan. Ayni vaqtda u “YeLITE elektronics”ga jalb qilingan va sex boshlig‘i sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda.

Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz

Hozirgi kunda “YeLITE elektronics” zavodida kuniga 80 ta muzlatkich, 15 ta vitrina ishlab chiqarilyapti. Mahsulot ishlab chiqarishda zarur bo‘ladigan xomashyoning 30 foizi Xitoy davlatidan keltirilmoqda. Qolgan 70 foizi ichki xomashyolar hisoblanadi.

Shu kunlarda tayyor mahsulotlarni qo‘shni davlatlarga eksport qilish maqsadida muzokaralar olib borilmoqda.

“YeLITE elektronics” marketing bo‘limi Ⓣ

Top