Iqlim o‘zgarishi global keskinlikni keltirib chiqaradi - AQSh razvedkasi
Iqlim o‘zgarishi Afg‘oniston, Hindiston, Pokiston va Shimoliy Koreya kabi mamlakatlarda energiya, oziq-ovqat, suv kabi resurslarni alohida tahdid ostida qoldiradi.

Foto: Getty Images
Iqlim o‘zgarishi xalqaro ziddiyatlarning kuchayishiga olib keladi, deya ogohlantirmoqda AQSh razvedka xizmati. Ular 2040 yilgacha bo‘lgan davr uchun iqlim o‘zgarishining milliy xavfsizlikka ta'siri bo‘yicha 27 sahifadan iborat hisobot tayyorlashdi.
Ta'kidlanishicha, iqlim o‘zgarishi ko‘proq xalqaro tizimda bahslasha olmaydigan kambag‘al mamlakatlarda seziladi. Ba'zi mamlakatlarning o‘z iqtisodiyotini himoya qilishga va yangi texnologiyalarni ishlab chiqishda ustunlikka intilishga harakat qilishi og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkinligi aytilgan.
Kambag‘al mamlakatlar
AQSh razvedka xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, energiya, oziq-ovqat, suv va salomatlik xavfsizligi alohida tahdid ostida bo‘lgan 11 mamlakat va ikkita mintaqa mavjud. Ular odatda kambag‘al va moslasha olmaydigan mamlakatlar bo‘lib, iqlim o‘zgarishi beqarorlik va ichki nizolar xavfini oshiradi. Havo haroratining oshishi va qurg‘oqchilik elektr ta'minoti kabi xizmatlarga bosimni oshiradi.
11 mamlakatdan beshtasi Janubiy va Sharqiy Osiyoda: Afg‘oniston, Birma, Hindiston, Pokiston va Shimoliy Koreyada, to‘rttasi Markaziy Amerika va Karib dengizida: Gvatemala, Haiti, Honduras va Nikaragua. Qolgan ikkitasi Iroq va Kolumbiya.
Beqarorlik ayniqsa qochqinlar oqimining ortishi ko‘rinishida nomoyon bo‘lishi mumkin.
Qaynoq nuqtalar
Arktikaning ahamiyati oshib ketishi mumkin, chunki muzning kamayishi tufayli bu yerda qulayliklar oshadi. Bu yangi yuk tashish yo‘llari va baliq zaxiralaridan foydalanishga imkon beradi, lekin harbiylar kirib kelishi sabab xavflar ortishi mumkin.
Suv resurslari ham muammolar manbaiga aylanadi. Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikada yer usti suv resurslarining 60 foizga yaqini chegaralar kesishgan nuqtalardan o‘tadi. Pokiston va Hindistonda uzoq vaqtdan beri suv muammosi bor. Ayni paytda, Mekong daryosi havzasi Xitoy va Kambodja va Vetnam o‘rtasida ziddiyatlarga olib kelishi mumkin, deya ogohlantiriladi hisobotda.
Kelajak texnologiyalari
Yana bir xavf manbayi sifatida mamlakatlarning iqlim o‘zgarishiga qarshi geoinjiniringdan foydalanishga qaror qilishi ko‘rsatilgan. Masalan, yuqori stratosferaga vulqon otilishi natijasida yuzaga keladigan issiqlikni sovitish effektiga ega zarralarni yuborish yoki okeanlarni ma'lum bir sohada sovitish uchun aerozollardan foydalanish.
Ammo biror mamlakat yakka o‘zi mustaqil harakat qilsa va muammoni boshqa mintaqaga ko‘chirsa, boshqa xalqlarning g‘azabini qo‘zg‘atishi mumkin.
Yevropa Ittifoqi, Avstraliya, Xitoy, Hindiston, Rossiya, Buyuk Britaniya va Amerika Qo‘shma Shtatlari kabi bir qancha mamlakatlar tadqiqotchilari bu usullarni tatbiq qilishni ko‘rib chiqmoqdalar, lekin umumiy qoidalar mavjud emas yoki juda ham kam.
Hamkorlik qilishga undash
Ta'kidlanishicha, iqlim o‘zgarishi mavjud muammolarni kuchaytiradi va yangilarini paydo qiladi.
«Hukumatlar iqlim o‘zgarishi milliy xavfsizlikka har qachongidan ham ko‘proq xavf solayotganligini tan olishmoqda. Bu muammoni xavfsizlikka tahdid soladigan boshqa muammolar bilan, masalan, Xitoy bilan raqobatga taqqoslab bo‘lmaydi. Bu mamlakatda ham dengiz sathining ko‘tarilishi qirg‘oqbo‘yi shaharlaridagi millionlab odamlarga ta'sir ko‘rsatishi, ichki infratuzilmaga tahdid soladigan suv toshqinlari, cho‘llanish va baliqlarning nobud bo‘lishi kabi ekologik tahdidlar mavjud. Bu narsalar mamlakatdagi oziq-ovqat zaxiralariga ta'sir o‘tkazadi», – deydi iqlim va xavfsizlik markazi direktori, ilgari AQSh Milliy razvedka kengashida ishlagan Erin Sikorskiy.
Hisobotdagi ma'lumotlar oldinda turgan jiddiy muammolarni ochib berganligi va asosiy masala siyosatchilar bu ogohlantirishiga qanday reaksiya bildirishi ekanligi ta'kidlangan.
Tavsiya etamiz
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Erdo‘g‘an: AFAD va SSV bo‘linmalari jangovar shay holatga keltirildi
Jahon | 21:05
-
WeChat Pay O‘zbekiston to‘lov tizimlariga integratsiya qilinadi
O‘zbekiston | 21:02
-
23 aprel yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 20:58
-
Rossiya Bashar Asadni Suriyaga topshirishdan bosh tortdi
Jahon | 20:54
Mavzuga oid

22:40 / 17.04.2025
Skandinaviya muzliklari shiddat bilan eriyotgani ma’lum qilindi

20:22 / 04.04.2025
Janubiy okeanning isishi G‘arbiy sohilda nam ob-havoni yuzaga keltiradi - olimlar

17:33 / 29.03.2025
Global isish tufayli chuchuk suv zaxiralari 20 yil davomida keskin kamaydi – tadqiqot

05:54 / 24.03.2025