Avstraliyaning Melburn universiteti tadqiqotçilari va ularning hamkasblari quruqlikdagi va yer ostidagi çuçuk suvlar hajmi sezilarli darajada qisqarganini aniqladi.

Gidrologiya professori Dongriol Ryu va uning hammuallifi Ki-Von So tomonidan ötkazilgan tadqiqotga köra, global isiş tuproq, köllar, daryolar va qor töplamidagi suv miqdorini sezilarli darajada kamaytirdi, bu esa qişloq xöjaligi va dengiz sathi uçun jiddiy oqibatlarga olib kelişi mumkin.

Sönggi 20 yil içida Yerdagi tuproq namligi 2000 gigatonnadan köproq kamaydi, bu Grenlandiyada 2002 yildan 2006 yilgaça bölgan muz yöqotişidan ikki baravar köpdir. Şu bilan birga, ilgari ön yilda bir marta sodir böladigan yirik qurğoqçiliklarning çastotasi köpaydi, dengiz sathi kötarildi va Yer qutbi surildi.

Dongriol Ryu, şuningdek, tadqiqot yanada çuqurroq muammoni oçib berganini ta’kidlaydi: qurğoqçilik ortidan suv toşqinlarini keltirib çiqaradigan kuçli yomğirlar kuzatilsa, tuproqning elastikligi pasayganligi sababli yer osti suvlari zaxirasi tiklanmaydi. Uning tiklanişi odamlarning iqlim özgarişiga qarşi kuraş olib borişi va suv resurslaridan foydalaniş usullariga jiddiy özgarişlar kiritişiga boğliq böladi.

Tadqiqot şuningdek, Yerning aylanişidagi yengil tebraniş sayyoradagi namlik darajasining özgarişi bilan boğliqligini tasdiqlaydi. Potsdam universitetining gidrologiya va ma’lumotlar fanlari professori Luis Samaniyego sayyoraning tebranişini Yer elektrokardiogrammasi bilan taqqosladi. Uning sözlariga köra, bunday natijani topiş aritmiyani aniqlaş bilan barobar, unga e’tibor bermaslik esa haqiqiy aritmiya uçun şifokorning körsatmalariga amal qilmaslik bilan barobar.