Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiyda qarzdor ota 80 mln so‘m aliment to‘ladi
Zarafshon shahrida qarzdor ota farzandining ta'minoti uchun biryo‘la 80 mln so‘m aliment pulini to‘lab berdi. Bu haqda Kun.uz'ga MIB Navoiy viloyati boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Zarafshon tumanlararo sudining 2016 yil 6 sentyabrdagi ijro hujjatiga asosan fuqaro D.K.dan undiruvchi I.U. foydasiga bir nafar farzandining ta'minoti uchun aliment undirish belgilangan. Olib borilgan profilaktik suhbat natijasida D.K. tomonidan farzandi 18 yoshga to‘lgunga qadar bo‘lgan davr uchun 80 mln so‘m aliment puli to‘lab berilgan.
Oldinroq karmanalik ota 73,3 mln so‘m aliment pullarini oldindan to‘lagandi.
Mavzuga oid
09:55 / 17.07.2026
Navoiyda IIB tergovchisi pora olishda qo‘lga tushdi
09:00 / 01.07.2026
Toshkent va Navoiyda mansabdorlar pora bilan ushlandi
18:17 / 15.06.2026
“Suv ichaman deb chalg‘idim” – Navoiyda YTHga uchragan avtobus haydovchisi 10 yilga qamaldi
18:42 / 05.06.2026